|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
|
|
T/r |
Tadbirlar |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddatlari |
Masʼul bajaruvchilar |
|
1. |
Tanlov asosida ishlab chiqilgan mamlakatimiz dasturiy mahsulotlari asosida milliy valyutaga bogʻlangan internet-doʻkonlardan foydalangan holda elektron toʻlov tizimini rivojlantirish boʻyicha boshlangʻich loyihani joriy etish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2007-yil III-IV chorak |
Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy xavfsizlik xizmati, mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar |
|
2. |
Pul mablagʻlarini aniq vaqt rejimida masofadan boshqarishning faol tizimlarida, shu jumladan Internet tarmogʻida axborot xavfsizligini taʼminlash mexanizmlarini ishlab chiqish. |
Normativ hujjat |
2007-yil IV chorak |
Markaziy bank, Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
|
3. |
Internet tarmogʻida elektron toʻlovlarni oʻtkazish uchun elektron tijorat qatnashchilari oʻrtasida bank maʼlumotlari va boshqa moliyaviy maʼlumotlarni oʻzaro ayirboshlashda standartlar va talablarni ishlab chiqish. |
Normativ hujjat |
2007-yil IV chorak |
Markaziy bank, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy xavfsizl�k xizmati, “Oʻzstandart” agentligi |
|
4. |
Elektron tijoratni amalga oshirayotgan chakana savdo korxonalarini soliqqa tortish va hisobga olish tartibini ishlab chiqish. |
Normativ hujjat |
2007-yil IV chorak |
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
5. |
Bank hisob raqamlarini masofadan boshqarish tizimlarini (Internet-bankning, mobil bank va boshqalarni) joriy etish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2008-yil I-II chorak |
Markaziy bank, tijorat banklari |
|
6. |
Bank kartalari asosida naqdinasiz hisob-kitoblar tizimlarini yanada rivojlantirish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
doimiy ravishda |
Markaziy bank, Oʻzbekiston banklar uyushmasi, tijorat banklari, mahalliy davlat hokimiyati organlari |
|
7. |
Banklararo “Uzkart” toʻlov tizimi doirasida Internet tarmogʻi orqali bank toʻlov kartalari bilan haq toʻlash texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish. |
Tijorat banklari va chakana savdo korxonalari uchun Internet tarmogʻida elektron tijorat asosida elektron toʻlovlarni amalga oshirishning maxsus dasturiy taʼminoti |
2008-yil I-II chorak |
Markaziy bank, Oʻzbekiston banklar uyushmasi, tijorat banklari, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
|
8. |
Budjet tashkilotlarining elektron tijoratda qoʻllaniladigan shartnomalari (kontraktlari)ni Gʻaznachilikda majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibi tartib-qoidalarini ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2008-yil I-II chorak |
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
|
9. |
Davlat budjetining gʻaznachilik ijrosi sharoitlarida savdoni elektron tijorat asosida amalga oshirishda budjet tashkilotlari xarajatlari toʻlovini oʻtkazish mexanizmini ishlab chiqish hamda Gʻaznachilikda va budjet tashkilotlarida amalga oshirilgan operatsiyalarning buxgalteriya hisobini taʼminlash. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2008-yil I-II chorak |
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank |
|
10. |
Import-eksport kontraktlarini hisobga qoʻyish, shuningdek bitishuvlarni elektron tijorat asosida amalga oshirishni nazarda tutuvchi tovarlarni olib kirish va olib chiqish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2008-yil II chorak |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Markaziy bank, Davlat bojxona qoʻmitasi |