toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
INVESTITSIYa LOYIHALARI HUJJATLARINI IShLAB ChIQISh, EKSPERTIZADAN OʻTKAZISh VA TASDIQLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli “Tender, loyiha, loyiha oldi hujjatlar va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash mexanizmini takomillashtirish, shuningdek loyihalarni amalga oshirishni boshlash uchun tayyorgarlik tartibotlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Idoralararo ekspertlar kengashi tomonidan yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 1-dekabrdagi 247-son qaroriga 1-ilovada:
a) 10-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish investitsiya loyihalari uchun umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
b) 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Loyiha Ekspertlar kengashi tomonidan maʼqullangandan keyin texnik-iqtisodiy asoslashni tasdiqlash investitsiya loyihalari uchun umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 7-iyun,
110-son
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 7-iyundagi 110-son qaroriga
1-ILOVA
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom:
a) markazlashtirilgan manbalar resurslari hisobiga amalga oshiriladigan (Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari, ayrim tarmoqlar va korxonalarning Hukumat qarorlari bilan tashkil etilgan maxsus jamgʻarmalari mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida yoki nomidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, Oʻzbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari) investitsiya loyihalari hujjatlarini;
b) ular yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari asosida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berish nazarda tutilayotgan investitsiya loyihalari hujjatlarini;
v) mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hujjatlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
g) ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalar tomonidan markazlashtirilmagan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan, qiymati 10 mln. AQSh dollaridan ortiq boʻlgan investitsiya loyihalari hujjatlarini;
(1-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
e) moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, strategik foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashni nazarda tutuvchi, qiymati 10 mln. AQSh dollaridan ortiq boʻlgan investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi Hukumat qarorlari bilan investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlashning alohida tartibi belgilangan investitsiya loyihalari hujjatlariga tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
investitsiya loyihasi (loyiha) — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat koʻrish maqsadida investitsiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida amalga oshiriladigan oʻzaro bogʻliq tadbirlar va ishlar kompleksi;
loyihaoldi hujjatlari — qabul qilingan parametrlarga koʻra loyihani amalga oshirishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligini, shuningdek uning hayotiyligini asoslab beruvchi hujjatlar yigʻindisi. Loyihaoldi hujjatlariga loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashi (texnik-iqtisodiy hisoblashi), materiallar va asbob-uskunalar yetkazib berish, qurilish-montaj ishlarini va ishlarning boshqa turlarini bajarish yuzasidan tender oʻtkazish uchun tanlov hujjatlari; loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asoslashi yoki texnik-iqtisodiy hisoblashi, shuningdek moliyaviy takliflar va/yoki kredit va investitsiya shartnomalari (pul mablagʻlari jalb etilgan taqdirda) kiradi;
loyiha hujjatlari — ishchi hujjatlarni ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan arxitektura-shaharsozlik yechimlari va texnik yechimlarni, qurilishning smeta qiymatini oʻz ichiga oluvchi hujjatlar. Loyiha hujjatlari tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash asosida ishlab chiqiladi;
dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi oʻrinlarda DTIA yoki DTIH deb ataladi) — variantlarni koʻrib chiqish asosida loyihani oqilona joylashtirish va amalga oshirishning eng samarali texnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimini tanlashni, umuman loyihaning cheklangan qiymatini, shu jumladan, texnologik asbob-uskunalar qiymatini asoslovchi, uni moliyalashtirishning mumkin boʻlgan manbalari boʻyicha variantlarni hisobga olgan holda moliyalashtirishga boʻlgan ehtiyoj hajmini belgilovchi hujjat;
yakuniy texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi oʻrinlarda TIA (TIH) deb ataladi) — investitsiya loyihasini amalga oshirishning tanlov savdolari asosida va loyihani moliyalashtirish shartlarini hisobga olgan holda aniqlangan yakuniy, eng samarali texnik, tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy yechimlarini belgilovchi loyihaoldi hujjati;
ishchi loyiha — cheklangan qiymat va ish hujjatlariga ega boʻlgan asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan tasdiqlanadigan qismdan iborat hujjat;
xalqaro moliya va iqtisodiyot institutlari (keyingi oʻrinlarda XMII deb ataladi) — davlatlararo bitimlar asosida tashkil etilgan, Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini moliyalashtiruvchi/birgalikda moliyalashtiruvchi institutlar;
xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda XHMT deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini moliyalashtiruvchi/birgalikda moliyalashtiruvchi xorijiy hukumat moliya tashkilotlari;
boshqa tarmoqlar — “Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyati turlari klassifikatori”ga muvofiq davlat boshqaruvi toifasiga kiritilgan tarmoqlar;
strategik foydali qazilmalar — qimmatbaho, rangli va nodir yer metallari, uglevodorodlar, koʻmir, uran.
4. DTIA (DTIH)ni ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlar tarkibi (keyingi oʻrinlarda topshiriq deb ataladi) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
5. DTIA (DTIH)ni ishlab chiqish yuzasidan topshiriq loyiha tashabbuskori tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli vazirlik (idora) rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
II. Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish tartibi
6. DTIA (DTIH) loyiha tashabbuskori yoki uning buyurtmasi boʻyicha loyihalash tashkiloti yoki injiniring kompaniyasi tomonidan ishlanma yuzasidan topshiriq asosida ishlab chiqiladi.
Loyihaning DTIA (DTIH)ni ishlab chiquvchi, agar faoliyatning ushbu turini amalga oshirish uchun litsenziya olish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa, tegishli sohada obyektlarni loyihalashtirish uchun litsenziyaga ega boʻlishi kerak.
Loyihalashtirishning sifati uchun javobgarlik ishlab chiquvchiga yuklanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
7. Tasdiqlangan DTIA (DTIH) moliyalashtirishga boʻlgan ehtiyojni, loyihaning cheklangan qiymatini belgilash, tanlov hujjatlarini ishlab chiqish, tanlov savdolari oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
8. TIA/TIH tasdiqlangan DTIA (DTIH), olingan moliyaviy takliflar yoki tuzilgan kredit va investitsiya shartnomalari, shuningdek oʻtkazilgan tanlov savdolari natijalari asosida ishlab chiqiladi.
Ishchi hujjatlar tasdiqlangan TIA(TIH)ning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari asosida ishlab chiqiladi.
9. Loyihani amalga oshirish shartlariga bogʻliq holda investitsiya loyihasi hujjatlari quyidagicha izchillikda ishlab chiqiladi:
a) DTIA — moliyalashtirish manbalari va shartlarini kelishish/tanlov hujjatlari — TIA — ishchi hujjatlar;
b) DTIH — moliyalashtirish manbalari va shartlarini kelishish/tanlov hujjatlari — TIH — ishchi hujjatlar;
v) ishchi loyiha-tanlov hujjatlari.
Hujjatlarni ishlab chiqish variantlari sxemasi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Faqat ushbu Nizomning 1-bandi “b” kichik bandiga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha loyihaning TIA (TIH)ni loyihaning DTIA (DTIH)ni ishlab chiqmasdan ishlab chiqishga yoʻl qoʻyiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori asosida xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
10. Loyihani amalga oshirish variantlarini va investitsiya loyihasi hujjatlari tarkibini tanlash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
a) TIAni (dastlabki va yakuniy) ishlab chiqqan holda — investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, ushbu bandning “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan loyihalar bundan mustasno;
b) TIHni (dastlabki va yakuniy) ishlab chiqqan holda — “boshqa tarmoqlar” obyektlari va yakka tartibdagi loyihani ishlab chiqishda ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda;
v) ILni ishlab chiqqan holda — namunaviy va takroriy qoʻllanadigan loyihalarni qoʻllangan holda quriladigan “boshqa tarmoqlar” va ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha (ushbu bandning “b” kichik bandiga toʻgʻri keladigan hollardan tashqari), shuningdek aholi punktlarining bosh rejalarida nazarda tutilgan muhandislik kommunikatsiyalarini qurishda.
III. Investitsiya loyihalarining DTIA (DTIH)ni ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
11. Investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) ushbu Nizomga 3-ilovaga binoan tarkibga muvofiq, zarurat boʻlganda, asosiy texnik va texnologik yechimlarni ishlab chiqishga loyihalash tashkilotlari va injiniring kompaniyalarini jalb etgan holda ishlab chiqiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
12. Investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) boʻyicha xulosalarni koʻrib chiqish va tayyorlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan — DTIA (DTIH) hamda tegishli vazirliklar va loyiha tashabbuskorlari boʻlgan idoralarning — Shaharsozlik kodeksi talablariga, normativ hujjatlar talablariga va qabul qilinayotgan qurilish qiymatining qaror topgan bozor konyunkturasi darajasiga muvofiqligi yuzasidan tarmoq xulosasi taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan — DTIA (DTIH) va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining quyidagilar boʻyicha xulosasi taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda:
DTIA boʻyicha — iqtisodiyotni barqaror, mutanosib rivojlantirishni ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishni, tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni, tarmoqlararo kooperatsiyalashni amalga oshirishni, investitsiya siyosatini roʻyobga chiqarishni, ishlayotgan quvvatlardan foydalanishni, shuningdek xomashyo va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bozori konyunkturasini taʼminlash nuqtai nazaridan loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash yuzasidan;
DTIH boʻyicha — ijtimoiy ahamiyatini, ijtimoiy sohaning alohida tarmoqlarini va “boshqa tarmoqlar”ni rivojlantirish boʻyicha Hukumat qarorlariga muvofiqligini ishlab turgan quvvatlardan foydalanishni va ularni joylashtirishni maqbullashtirishni hisobga olgan holda baholash yuzasidan;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan — DTIA (DTIH) hamda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining tavsiya etilayotgan marketing konsepsiyasi, tayyor mahsulotni sotish istiqbollari asosida jahon bozori konyunkturasi, shuningdek tavsiya etilayotgan texnologiyaga muvofiq asbob-uskunalarning narxlarning cheklangan parametrlari nuqtai nazaridan loyihani amalga oshirish imkoniyatini baholash yuzasidan xulosasi taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda.
Tashabbuskor tomonidan talab qilinayotgan asbob-uskunalar (texnologik liniya), shu jumladan yakka tartibda tayyorlanayotganlarining toʻliq va mufassal spetsifikatsiyasini taqdim etish mumkin boʻlmagan taqdirda asbob-uskunalar narxlarining cheklangan parametrlari Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan TIA(TIH)ni ekspertizadan oʻtkazish jarayonida baholanishi mumkin. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi oʻz vakolatlari doirasida tashabbuskorga investitsiya loyihalarining DTIA (DTIH)ni ishlab chiqishda prognozlanayotgan uch besh yillik davr uchun ichki va tashqi bozorlar marketingini ishlab chiqishni tashkil etishda koʻmaklashadilar;
(12-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
g) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan — DTIA (DTIH) va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining quyidagilar boʻyicha xulosalari taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda:
DTIA boʻyicha — loyihaning moliya-iqtisodiy samaradorligini va qoplanuvchanligini baholash, loyihaning maqbul parametrlariga erishishni taʼminlaydigan moliyalashtirishga ehtiyojni aniqlash, shuningdek loyihani moliyalashtirishning tavsiya etilayotgan variantlarini baholash yuzasidan;
DTIH boʻyicha — loyihani amalga oshirishning mumkin boʻlgan variantini tanlash, moliyalashtirishning tavsiya etilayotgan sxemasining maqbulligi, loyihaning maqbul parametrlariga erishishni taʼminlaydigan moliyalashtirishga ehtiyojini aniqlash yuzasidan;
d) xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan — DTIA (DTIH) va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining loyihaning iqtisodiy samaradorligi, loyiha tashabbuskorlarining kredit tarixini oʻrganish, pul oqimlari tahlili, tavakkalchiliklarni baholash va loyihaning maqbul parametrlariga erishishni taʼminlaydigan moliyalashtirishga ehtiyojini aniqlash yuzasidan xulosalari taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda. Moliyalashtirishni budjet mablagʻlari hisobiga (boshqa manbalardan foydalanmasdan) amalga oshirish nazarda tutilayotgan obyektlar boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi bankning ekspert xulosasi talab qilinmaydi.
Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar, jalb etilayotgan kreditlarni toʻlash uchun mablagʻlar defitsitini budjet mablagʻlari hisobiga uzishni nazarda tutadigan DTIA (DTIH) boʻyicha xulosalarida nazarda tutilayotgan budjet mablagʻlarining maqsadga muvofiqligi (muvofiq emasligi) hamda hajmlari, shu jumladan soliq imtiyozlari berish toʻgʻrisidagi xulosalar mavjud boʻlishi kerak.
Vakolatli ekspertiza organlari qayta tashkil etilgan taqdirda xulosa huquqiy voris boʻlgan tashkilot tomonidan beriladi.
Sanoatning bazaviy tarmoqlarida (elektr energetikasi, kimyo va ogʻir sanoatda) investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) va TIA (TIH) faqat “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti Ilmiy-texnik kengashining ijobiy xulosasidan keyin ushbu bandda koʻrsatilgan vakolatli organlarga ekspertiza qilish uchun kiritiladi
(12-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-avgustdagi 647-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 890-modda)
13. Loyiha tashabbuskori Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamentiga DTIA (DTIH)ni tegishli tushuntirish xatini, koʻrib chiqiladigan materiallarni, shuningdek ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan vakolatli ekspertiza organlarining xulosalarini ilova qilgan holda ikki nusxada kiritadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
14. Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamenti ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha loyihaning DTIA (DTIH)ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjatni uch kun muddatda tayyorlaydi hamda Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari bilan ikki kun muddatda kelishish uchun Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamentiga beradi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
16. DTIA (DTIH) Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlangan loyihaning DTIA (DTIH) har bir sahifasiga “20__ y. _______da _____-son bilan tasdiqlangan” degan yozuvli shtempel bilan majburiy belgi qoʻyiladi. Tasdiqlangan DTIA (DTIH)ning bir nusxasi loyiha tashabbuskoriga beriladi, ikkinchi nusxasi esa Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamentida qoladi, loyihaning TIA (TIH) tasdiqlanganda — Vazirlar Mahkamasining Umumiy boʻlimiga beriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
17. Loyihaning tasdiqlangan DTIA (DTIH) parametrlari, shu jumladan xarajatlar turlari boʻyicha moliyalashtirishning cheklangan limitlari asosida loyiha tashabbuskori tomonidan, belgilangan tartibda:
a) moliyalashtirish manbalari belgilanadi va kelishiladi;
b) pudratchilarni va loyiha boʻyicha xarid qilinadigan texnologik — asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash uchun tanlov hujjatlari ishlab chiqiladi.
IV. Investitsiya loyihalarining TIA(TIH)ni ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlangan DTIA (DTIH), tanlov savdolari natijasida tanlab olingan texnologik va boshqa asbob-uskunalar boʻyicha takliflar asosida, moliyalashtirishning ishlab chiqilgan manbalari va shartlarini hisobga olgan holda loyiha tashabbuskori tomonidan investitsiya loyihasining TIA(TIH) ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq tarkib boʻyicha ishlab chiqiladi.
19. Loyihaning TIA(TIH)ni ekspertizadan oʻtkazish u taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va moliyalashtiruvchi bank, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan ayni bir vaqtda ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan har qaysi vakolatli ekspertiza organlarining vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
20. Loyiha tashabbuskori Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamentiga TIA(TIH)ni kiritadi, unga:
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qabul qilinadigan qarori loyihasini;
(20-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinishi zarurligini asoslaydigan koʻrib chiqiladigan materiallar bilan birgalikda tegishli tushuntirish xatini;
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori asosida uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha investitsiya loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini;
kreditlarni toʻlashning prognoz jadvallarini (kreditlar markazlashtirilgan manbalardan jalb etilgan taqdirda);
ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan vakolatli ekspertiza organlari xulosalarini ikki nusxada ilova qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Loyiha tashabbuskori amalga oshirishda soliq va bojxona imtiyozlari yoki boshqa preferensiyalar berilishini, Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki kafolati ostida kreditlar, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari jalb etilishini nazarda tutadigan loyihalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qiladigan qarori loyihasini tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
22. Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamenti Vazirlar Mahkamasining qabul qiladigan qarori loyihasini koʻrib chiqadi va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga muvofiq hujjatlarni tasdiqlash uchun kiritadi.
Loyihaning TIA(TIH)ning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari loyihani amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qabul qiladigan qaroriga ilova sifatida tasdiqlanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
23. Tasdiqlangan TIA(TIH)ning bir nusxasi loyiha tashabbuskoriga beriladi, ikkinchi nusxasi esa saqlash uchun Vazirlar Mahkamasining Umumiy boʻlimida qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan investitsiya loyihasining TIA (TIH) har bir sahifasiga “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ y. _______dagi ____ -son ____ bilan tasdiqlangan” degan yozuvli shtempel bilan majburiy belgi qoʻyiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori asosida ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(V boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
VI. XMII va XHMT qarz mablagʻlarini jalb etgan holda amalga oshiriladigan loyihalarni tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi
26. XMII va XHMT qarz mablagʻlari jalb etilgan holda roʻyobga chiqariladigan loyihalarni koʻrib chiqish va tayyorlash ikki bosqichda amalga oshiriladi.
27. Birinchi bosqichda loyiha tashabbuskorlari “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga XMII/XHMTning baholashdan oldingi missiyalari hisobotlari asosida tayyorlangan, loyiha qiymatining dastlabki bahosini va jalb etiladigan qarz mablagʻlar miqdorini oʻz ichiga oluvchi loyihani amalga oshirish zarurligi toʻgʻrisida takliflar kiritadilar.
Takliflarni ekspertizadan oʻtkazish ushbu Nizomning 12-bandi talablariga muvofiq har qaysi vakolatli ekspertiza organining oʻz vakolatlari doirasida ayni bir vaqtda u taqdim qilingan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda amalga oshiriladi.
Ekspertiza organlari xulosalari olingandan keyin, loyiha tashabbuskorlari iltimosiga binoan, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan soʻrovnoma tayyorlaydi va uni XMII/XHMTga yuboradi.
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
XMII/XHMTning loyihani moliyalashtirish/birgalikda moliyalashtirish yuzasidan roziligi olingan taqdirda ularning baholash komissiyalari hisobotlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi bilan XMII/XHMT oʻrtasida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi memorandum belgilangan tartibda imzolanadi.
28. Ikkinchi bosqichda loyiha tashabbuskori XMII/XHMTning baholash missiyasi hisoboti asosida TIAni ishlab chiqadi va ayni bir vaqtda koʻrib chiqish uchun uni ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan vakolatli ekspertiza organlariga taqdim etadi.
Ekspertiza organlari xulosalari olingandan keyin TIA ushbu Nizomning IV boʻlimiga muvofiq tasdiqlanadi.
TIA(TIH) tasdiqlangandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi bilan XMII/XHMT oʻrtasida qarz bitimi imzolanadi.
29. Qarz bitimi imzolangandan keyin uning doirasida tanlov (tender) savdolari oʻtkazilishi nazarda tutiladigan loyiha tashabbuskori tender hujjatlarini ishlab chiqadi va tanlov (tender) savdolari budjetini belgilaydi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishib oladi.
VII. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarni koʻrib chiqish va tasdiqlash xususiyatlari
30. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishga/birgalikda moliyalashtirishga tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) va TIA(TIH) ushbu boʻlimda bayon qilingan talablarni hisobga olgan holda mazkur Nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
32. DTIA (DTIH) tasdiqlangandan keyin loyiha tashabbuskori moliyalashtirish masalasini koʻrib chiqish uchun DTIA (DTIH)ni Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasiga va qayta moliyalashtiruvchi tijorat bankiga kiritadi.
33. Qayta moliyalashtiruvchi bank tasdiqlangan DTIA (DTIH) taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir hafta muddatda iqtisodiy samaradorlik, pul oqimlari tahlili, loyihani amalga oshirish uchun tashabbuskorning moliyaviy jihatdan qodirligi, loyihaning tavakkalchiliklarini va hayotiyligini baholash, taklif etilayotgan moliyalashtirish sxemasining maqbulligi va kredit berish imkoniyati yuzasidan xulosa taqdim etadi.
34. Qayta moliyalashtiruvchi bankning xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda DTIA (DTIH) taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda, Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi tashabbuskorga loyihani va Iqtisodiyot vazirligiga uning vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan ekspert xulosasini taqdim etadi.
35. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda Iqtisodiyot vazirligi loyihaning DTIA (DTIH)ni loyihani Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirgan (birgalikda moliyalashtirgan) holda amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqish uchun Jamgʻarma boshqaruv kengashining navbatdagi majlisiga kiritadi.
36. Loyihani moliyalashtirish (birgalikda moliyalashtirish) toʻgʻrisidagi jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengashning qarori, loyihaning tasdiqlangan DTIA (DTIH) asosida investitsiya loyihasining TIA (TIH) ishlab chiqiladi.
Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (birgalikda moliyalashtirish) tavsiya qilinayotgan investitsiya loyihasining TIA (TIH) sanoatning bazaviy tarmoqlarida (elektr energetikasi, kimyo va ogʻir sanoatda)gi loyihalar boʻyicha “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti bilan kelishilishi kerak (investitsiya loyihasining TIA (TIH) ishlab chiquvchisi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti hisoblangan hollar bundan mustasno).
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-avgustdagi 647-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 890-modda)
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
37. Vakolatli ekspertiza organlarining xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishga/birgalikda moliyalashtirishga tavsiya etilayotgan loyihaning TIA(TIH) tashabbuskor tomonidan Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasiga kiritiladi.
Loyihaning TIA(TIH) qayta moliyalashtiruvchi bank tomonidan TIA(TIH) boʻyicha xulosalar berish bilan ayni bir vaqtda maʼqullangan taqdirda qayta moliyalashtiruvchi bank Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasiga kredit olish yuzasidan belgilangan shakl boʻyicha buyurtmanoma kiritadi.
38. TIA(TIH) kiritilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi loyiha tashabbuskoriga va Iqtisodiyot vazirligiga uning vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha ekspert xulosasini taqdim etadi.
39. Iqtisodiyot vazirligi loyihaning TIA(TIH)ni Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirgan (birgalikda moliyalashtirgan) holda loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish uchun Jamgʻarma boshqaruv kengashining navbatdagi majlisiga kiritadi.
40. Jamgʻarma boshqaruv kengashining loyihani Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirgan (birgalikda moliyalashtirgan) holda amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarori asosida loyiha tashabbuskori loyihaning TIA(TIH)ni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
41. Vazirlar Mahkamasi loyihaning TIA(TIH) boʻyicha tasdiqlashga tayyorlangan materiallarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli masalalar boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati bilan kelishish uchun belgilangan tartibda kiritadi.
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”
‎Vazirlik, idora rahbari
‎_____________________
‎_____________________
‎20__ y. “___” _________ ‎

“KELIShILGAN”
‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi
___‎__________ 20__ y.
‎“___” _______________ ‎

“KELIShILGAN”
‎Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
‎____________ 20__ y.
‎“___” ______________ ‎

‎‎

‎Loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslashi/ dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblashini (DTIA/DTIH) ishlab chiqish uchun
‎TOPShIRIQ

‎‎_________________________________________________

(‎‎loyihaning nomi)

T/R‎ Asosiy maʼlumotlar va talablar nomi ‎ Asosiy maʼlumotlar va talablar mazmuni‎
1.‎ Buyurtmachi ‎
2.‎ DTIA/DTIHni ishlab chiqish uchun asoslar‎
3.‎ Qurilish turi‎
4.‎ Buyurtmachi rekvizitlari‎
5.‎ Loyihalash bosqichi
6.‎ Loyiha tashkiloti — bosh loyihachi nomi
7.‎ Korxonaning loyihadagi quvvati
8.‎ Loyihalashtirilayotgan korxona tarkibi
9.‎ Texnologik jarayon va asbob-uskunalarga asosiy talablar‎
10.‎ Korxonaning ish rejimi‎
11.‎ Ishlab chiqarish kooperatsiyasi Korxonaning infratuzilmasi ‎
12.‎ Tashqi transport aloqasi va taʼminot sxemasi‎
13.‎ Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish talablari‎
14.‎ Hududlarni rekultivatsiya qilish va obodonlashtirish‎
15.‎ Qurilishning belgilangan muddatlari (yil)‎
16.‎ Komplekslarni ishga tushirish navbatini ajratish zaruriyati‎
17.‎ Muhandislik qidiruv ishlariga talablar‎
18.‎ Qurilishning alohida shartlari‎
19.‎ Loyihalashtirishning alohida shartlari‎
20.‎ Hisob-kitoblarning (kamida ikkita) variantlari‎

‎Loyiha tashabbuskori‎

‎20__ y. “___” __________ _____________‎
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish sxemasi
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash (DTIA)ning namunaviy tarkibi
1. Loyihaning maqsadi.
2. Obyektning tavsifi — ishlab chiqarish va transport infratuzilmasining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari, ishchi kuchlari mavjudligi, ijara qiymati, ishlab chiqarish binolari va yordamchi binolarni sotib olish yoki ularni yangidan qurish imkoniyati va boshqalar.
3. Shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda, korxona (inshoot)ni joylashtirish rayoni va punktini tanlashning asoslanishi.
4. Arxitektura-qurilish va hajmiy-rejalashtirishning prinsipial yechimlari va ularning asosiy koʻrsatkichlari.
5. Qurish va ishlatishda zararli tashlanmalar va oqova suvlarning tavsifi va hajmi, atrof muhitni ifloslantirishning oldini olish tadbirlari.
6. Obyektni muhandislik jihatidan taʼminlash va jihozlash (suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr energiyasi bilan taʼminlash, isitish, shamollatish va havo haroratini maqbullashtirish) boʻyicha prinsipial yechimlar.
7. Texnologiyaning tavsifi va texnologiya asbob-uskunalari variantlarining asosiy koʻrsatkichlari (quvvati, energetika va moddiy resurslar isteʼmoli va boshqalar).
8. Marketing tadqiqotlari natijalari, ular:
tashqi va ichki bozorlar konyunkturasini oʻrganishga asoslangan tayyor mahsulotni ichki bozorda sotish, shuningdek eksport qilish imkoniyatlarini;
potensial isteʼmolchilar tomonidan toʻlashga qodir talab va raqobatchilar tomonidan taklif oʻrganilganligini;
mahsulotning sifat va narx koʻrsatkichlari boʻyicha raqobatbardoshligini taʼminlash chora-tadbirlarining mavjudligini;
loyihaning eng avvalo arzon narxdagi, talab qilinadigan miqdor va sifatdagi mahalliy xomashyo va boshqa moddiy resurslar bilan taʼminlanganligini;
asbob-uskunalarga qoʻyiladigan asosiy talablarni, tabiiy-iqlim, ishlab chiqarish omillari va boshqa omillarni hisobga olgan holda vatanimiz texnologiyalarini va xorijiy texnologiyalarni qiyoslash tahliliga asoslangan samarali ishlab chiqarish texnologiyasi, prinsipial texnik yechimlar tanlanganligini;
taklif etilayotgan ishlab chiqarishning maqbul hajmini;
loyihani amalga oshirish, shu jumladan uning investitsiya fazasi muddatlarini tasdiqlashi kerak.
9. Loyiha tashabbuskorining moliyaviy ahvoli va uning loyihani amalga oshirish boʻyicha imkoniyatlari tahlili.
10. Loyiha tashabbuskorining texnik va moliyaviy imkoniyatlariga asoslangan loyihani amalga oshirishning dastlabki sxemasi, loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻladigan resurslarning mavjudligi va qiymati (shu jumladan EMVda).
11. Tanlangan variant asosida qurilishning cheklangan qiymati, shu jumladan injiniring kuzatuviga, DTIAni va loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, texnologiya asbob-uskunalariga, yer uchastkasi ajratishga, binolar va inshootlar qurilishiga xarajatlar, shuningdek aylanma kapitalning, jalb etiladigan kreditlar boʻyicha moliyaviy chiqimlar va boshqalarning EMV va milliy valyutadagi qiymati.
12. Xarajatlar boʻyicha moliyaviy resurslarga ehtiyojning hisob-kitoblar variantlari asosida, shu jumladan jalb qilinayotgan mablagʻlar va ularning loyihani samarali amalga oshirishni taʼminlash imkonini beradigan jalb qilish shartlarini aniqlash.
13. Loyiha tavakkalchiliklarining tahlili.
14. Naqd pul oqimlari diskontini hisobga olgan holda, barcha investitsiyalar bazasida hisoblab chiqilgan loyihaning EMVdagi moliyaviy-iqtisodiy samaradorligining, oʻzini oʻzi qoplashi muddatining, nazarda tutilgan kreditlarni qaytarishning hisob-kitoblari.
Dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash (DTIH)ning namunaviy tarkibi
1. Loyihaning maqsadi.
2. Obyektning tavsifi — ishlab chiqarish va transport infratuzilmasining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari, ishchi kuchlari mavjudligi, ijara qiymati, ishlab chiqarish binolari va yordamchi binolarni sotib olish yoki ularni yangidan qurish imkoniyati va boshqalar.
3. Shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda, korxona (inshoot)ni joylashtirish rayoni va punktini tanlashning asoslanishi.
4. Arxitektura-qurilish va hajmiy-rejalashtirishning prinsipial yechimlari va ularning asosiy koʻrsatkichlari.
5. Qurish va ishlatishda zararli tashlanmalar va oqova suvlarning tavsifi va hajmi, atrof muhitni ifloslantirishning oldini olish tadbirlari.
6. Obyektni muhandislik jihatidan taʼminotlash va jihozlash (suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr energiyasi bilan taʼminlash, isitish, shamollatish va havo haroratini maqbullashtirish) boʻyicha prinsipial yechimlar.
7. Texnologiyaning tavsifi va texnologiya asbob-uskunalari variantlarining asosiy koʻrsatkichlari (quvvati, energetika va moddiy resurslar isteʼmoli va boshqalar).
8. Loyiha tashabbuskorining texnik va moliyaviy imkoniyatlariga asoslangan loyihani amalga oshirishning dastlabki sxemasi, loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻladigan resurslarning mavjudligi va qiymati (shu jumladan EMVda).
9. Tanlangan variant asosida qurilishning cheklangan qiymati, shu jumladan injiniring kuzatuviga, DTIHni va loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, texnologiya asbob-uskunalariga, yer uchastkasi ajratishga, binolar va inshootlar qurilishiga xarajatlar, shuningdek aylanma kapitalning, moʻljallanadigan jalb etiladigan kreditlar boʻyicha moliyaviy chiqimlar va boshqalarning EMV va milliy valyutadagi qiymati.
10. Xarajatlar boʻyicha moliyaviy resurslarga ehtiyojning hisob-kitoblar variantlari asosida, shu jumladan jalb qilinayotgan mablagʻlar va ularning loyihani samarali amalga oshirishni taʼminlash imkonini beradigan jalb qilish shartlarini aniqlash.
Izoh. Ishlab turgan va yangidan foydalanishga topshiriladigan ijtimoiy soha muassasalarini jihozlash uchun jalb qilinadigan xorijiy kreditlar hisobiga asbob-uskunalar xarid qilishda DTIA (DTIH) tuzilmaydi.
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

“Kelishilgan”
‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Vazirlar Mahkamasi Kompleksi rahbari
‎200 yil “____”____________ ‎

‎‎“___________________________________________________” loyihasi‎

(‎‎loyihaning nomi)‎

Investitsiya loyihasining DTIAsi‎

(loyihaning nomi)‎

1. Investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi quyidagi vakolatli ekspertiza organlarida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtdi:
Vakolatli ekspertiza organlari‎ Xulosa natijasi (tavsiya etildi/rad etildi)
Iqtisodiyot vazirligi ‎
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi ‎
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi‎
Moliya vazirligi‎
Vakolatli bank (banklar) ‎

2. “________________________________________________” investitsiya

(loyihaning nomi‎)

loyihasining DTIAdagi asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar:‎
T/r‎‏ Koʻrsatkichlar nomi‎‏ Oʻlchov birligi‎‏ Hammasi‎‏ ‎‎Moliyalashtirishning nazarda tutilgan manbalari
oʻz mablagʻlari‎ jalb qilingan mablagʻlar‎
1.‎ Loyihaning cheklangan qiymati*‎ ming AQSh dollari, mln soʻm ‎
2.‎ Kapital qoʻyilmalarning cheklangan summasi, jami‎
Shu jumladan:
‎mashina va asbob-uskunalar
‎EMVda
‎milliy valyutada ‎


‎ming AQSh dollariga ekvivalent
‎‎ming AQSh dollari‎
qurilish-montaj ishlari‎ ming AQSh dollariga ekvivalent‎
investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar‎ ming AQSh dollariga ekvivalent‎
dastlabki aylanma kapital
��EMVda ‎
‎milliy valyutada‎

‎ming AQSh dollari
‎ming AQSh dollariga ekvivalent‎‎
boshqa xarajatlar
‎EMVda
‎milliy valyutada‎

‎ming AQSh dollari
‎ming AQSh dollariga ekvivalent‎
3.‎ Mavjud asosiy fondlar qiymati‎ ming AQSh dollariga ekvivalent‎
4.‎ Korxonaning quvvati, shu jumladan:
‎— ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi ‎
‎— moʻljallanayotgan eksport hajmi
Tegishli birliklarda
5.‎ Ish bilan taʼminlanadiganlarning moʻljallanayotgan soni ‎ kishi
6.‎ Loyihaning hisoblangan oʻzini qoplash muddati** yil
7.‎ Investitsiya davrining davomiyligi ‎ oy
* Loyihani amalga oshirishga jalb qilinadigan mavjud asosiy fondlar qiymati bilan birga.
** Ushbu bandlar DTIHni tasdiqlashda toʻldirilmaydi.
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash (TIA)ning namunaviy tarkibi
1. Loyihaning maqsadi (rezyume).
2. Loyihaning buyurtmachisi:
2.1. Rekvizitlar, maqomi, tarkibi;
2.2. Bozordagi ahvol, mavjud amaliy aloqalar va amaliy nufuz;
2.3. Mavjud va prognoz qilinayotgan salohiyat;
2.4. Iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlar.
3. Loyiha strategiyasi (loyihani yaratish tarixi va shart-sharoitlari).
4. Marketing bozori va konsepsiyasi:
4.1. Talab va taklif;
4.1.1. Bozor tuzilmasi va tavsifi. Mahsulot tavsifi, uning bozorda raqobatga bardoshliligi;
4.1.2. Tarmoqning mavjud salohiyati, raqobatchi korxonalar, tarmoqni rivojlantirish istiqbollari va muammolarini baholash, hududiy joylashtirish, mahsulot sifati;
4.1.3. Tarmoqning milliy iqtisodiyotdagi roli, uning ustuvorliklari va maqsadlari;
4.1.4. Mavjud talab, uning oʻsishini prognoz qiluvchi asosiy omillar va koʻrsatkichlar;
4.1.5. Import va uning kelgusidagi tendensiyalari, hajmi va narxlari;
4.2. Marketing konsepsiyasi, sotish prognozi;
4.2.1. Bozorlarning joylashgan joyi, bozor segmentatsiyasi;
4.2.2. Mavjud potensial mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan kutilayotgan raqobat;
4.2.3. Sotish dasturi, sotishni tashkil etish;
4.3. Foydalaniladigan savdo markalari va mahsulotning patent tozaligi;
4.4. Marketing xarajatlarini baholash.
5. Moddiy resurslar:
5.1. Xom ashyo, materiallar, komponentlar tasnifi;
5.1.1. Xom ashyo bazasining mavjudligi, xomashyoning qidirib topilgan zaxiralari;
5.1.2. Xom ashyo sifatiga va uni tayyorlash usullariga qoʻyiladigan talablar, mahalliy xomashyoning texnologiyalar talablariga muvofiqligi;
5.2. Loyiha boʻyicha ehtiyoj, materiallar va komponentlarning mavjudligi va ular bilan taʼminlash, ularning tasnifi, yetkazib berish dasturi;
5.3. Energiya resurslari bilan taʼminlash;
5.4. Boʻlim boʻyicha xarajatlarni baholash.
6. Obyektning joylashgan joyi:
6.1. Tanlangan uchastkaning tavsifi;
6.1.1. Xom ashyo bozorlaridan uzoqlik va tayyor mahsulotni sotish, transport kommunikatsiyalari;
6.1.2. Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani baholash;
6.1.3. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlarini hisobga olish, afzallik va cheklashlar;
6.1.4. Ekologiya, atrof muhitga taʼsir (umumiy axborot);
6.2. Asosiy pozitsiyalar boʻyicha uchastkani tanlashni asoslash;
6.3. Boʻlim boʻyicha xarajatlarni baholash.
7. Loyihalashtirish va texnologiya:
7.1. Yillar boʻyicha oʻzlashtirgan holda ishlab chiqarish quvvati;
7.2. Texnologiya va asbob-uskunalar;
7.2.1. Texnologiya va asbob-uskunalarni, texnologik jarayon sxemalarini tanlashni asoslash, afzalliklar va kamchiliklar, asbob-uskunalarning ishonchliligi va yetkazib beruvchining kafolati;
7.2.2. Texnologiyaning atrof muhitga taʼsiri;
7.2.3. Asbob-uskunalarni joylashtirish sxemasi:
ishlab chiqarish asbob-uskunalari;
yordamchi asbob-uskunalar;
servis asbob-uskunalari;
ehtiyot qismlar, anjomlar;
7.2.4. “Nou-xau”ni berish shartlari, xodimlarni oʻqitish;
7.2.5. Mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 9000 ISO seriyasi talablariga muvofiqligini taʼminlash tadbirlari hamda ularni amalga oshirish xarajatlari;
7.2.6. Mahalliylashtirish istiqbollari (respublika hududida butlovchi buyumlar va komponentlarni ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlari);
7.3. Qurilish;
7.3.1. Vaziyatli reja;
7.3.2. Bosh reja sxemasi, binolar va korpuslarning joylashishi;
7.3.3. Prinsipial hajmli-rejalashtirish va konstruktiv yechimlar, ularning parametrlari, alohida talablar;
7.3.4. Uchastkani tayyorlash va oʻzlashtirish;
7.3.5. Muhandislik kommunikatsiyalari;
7.3.6. Qurilish-montaj ishlarining pul ifodasidagi hajmi;
7.4. Tugallanmagan qurilishni hisobga olgan holda xarajatlarni baholash.
8. Ishlab chiqarishni tashkil etish va qoʻshimcha xarajatlar:
8.1. Korxonaning tashkiliy tuzilmasi;
8.2. Qoʻshimcha xarajatlar (umumzavod, maʼmuriy xarajatlar);
8.3. Boʻlim boʻyicha xarajatlarni baholash.
9. Mehnat resurslari:
9.1. Mehnat resurslariga ehtiyoj va ularning mavjudligi;
9.2. Kadrlarga qoʻyiladigan talablar, ularni oʻqitish zaruriyati va oʻqitishni tashkil etish;
9.3. Boʻlim boʻyicha xarajatlarni baholash.
10. Loyihani amalga oshirish sxemalari:
10.1. Loyihani amalga oshirish bosqichlari;
10.2. Loyihani amalga oshirish jadvali;
10.3. Loyihani amalga oshirish budjeti.
11. Loyihani amalga oshirish variantlarini moliyaviy baholash:
11.1. Toʻliq investitsiya xarajatlari;
11.2. Loyihani moliyalashtirish: moliyalashtirish mexanizmi va manbalari;
11.3. Sotilgan mahsulotlarga toʻliq chiqimlar;
11.4. Iqtisodiy samaradorlikni baholash;
11.5. Qarzga olingan mablagʻlarning (ulardan foydalanilgan taqdirda) qoplanishini va oʻz vaqtida qaytarilishini hisobga olgan holda moliyaviy samaradorlikni baholash, valyutaning qoplanishi;
11.6. Loyihaning asosiy tavakkalchiliklarga sezgirligi;
11.7. Sof joriy qiymat koʻrsatkichlari va kapital qoʻyilmalar ichki qaytariluvchanligining iqtisodiy normasi;
11.8. Moliyaviy natijalarning mamlakat iqtisodiyotiga taʼsirini baholash.
(11.4-11.5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qaroriasosida 11.4—11.8-bandlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
12. Xulosalar:
12.1. Loyihaning asosiy afzalliklari va kamchiliklari;
12.2. Qabul qilingan variantning muqobil variantlardan afzalliklari;
12.3. Noaniqlik tavakkalchiliklari va jihatlari;
12.4. Loyihani amalga oshirish imkoniyatini baholash.
13. “A” ilova:
“A” ilovada milliy va xorijiy valyuta xarajatini alohida aks ettirgan holda erkin shaklda moliyaviy va iqtisodiy koʻrsatkichlar sxemalari, shu jumladan quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:
13.1. Asosiy kapitalga investitsiyalar;
13.2. Ishlab chiqarishdan oldingi xarajatlar;
13.3. Sotilgan mahsulotlarga chiqimlar;
13.4. Sof aylanma kapitalga ehtiyoj;
13.5. Moliyalashtirish manbalari va rejasi;
13.6. Qarzga olingan mablagʻlardan foydalanish va ularni qaytarish;
13.7. Soliq solishning amaldagi tizimini va majburiy toʻlovlarni hisobga olgan holda mavjud mablagʻlar (aniq pullar) oqimi;
13.8. Mavjud mablagʻlarning diskontlangan oqimi;
13.9. Diskont foyda;
13.10. Foyda va zararlar prognozi;
13.11. Prognoz qilinayotgan balans.
14. “B” ilova:
“B” ilovada tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari, shu jumladan quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:
14.1. Yuridik hujjatlar:
korxona ustavi va taʼsis shartnomasi;
ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi litsenziya, agar faoliyat turi maxsus litsenziyalar talab qilinadigan faoliyatning alohida turlari roʻyxatiga kirsa;
rahbarlar, asosiy menejyerlar, direktorlar kengashi, korxona aniq mulkdorlarining qisqacha biografik maʼlumotlari;
14.2. Kontrakt hujjatlari:
asbob-uskunalar yetkazib berish yoki obyektni foydalanishga tayyor holda topshirish yuzasidan kontrakt;
qurilish pudrati va qurilishni moddiy taʼminlash shartnomasi;
xomashyo, butlovchi buyumlar yetkazib berish va tayyor mahsulotlarni xarid qilish shartnomasi (moʻljallar protokoli);
loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa shartnomalar;
14.3. Smeta hujjatlari va moliyaviy hujjatlar:
qurilishning smeta hujjatlari;
korxona (qarz oluvchi, investorlar, kafillar, loyiha boʻyicha garantlar)ning oxirgi uch yil uchun soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan toʻliq buxgalteriya (har choraklik) hisobotlari;
boshqa banklardagi hisob raqamlari, qarz mablagʻlari va ularni qaytarish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
xorijiy sheriklar (muassislar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar – oxirgi ikki yil uchun xalqaro standartlar boʻyicha (taniqli auditorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan) yillik hisobot;
14.4. Ekspert hujjatlari va boshqa hujjatlar:
tanlangan texnologiya va texnologiya asbob-uskunalari boʻyicha idoradan tashqari ekspertiza (“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi), mustaqil konsalting tashkilotining xulosalari;
(14.4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
sotib olinadigan asbob-uskunalarning texnik pasportlari va ularning tanlov asosida tanlanishini tasdiqlovchi hujjatlar;
kadastr (garovga beriladigan yer hamda bino va inshootlar kadastri) va mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
asosiy ishlab chiqarish binolarining texnologiya asbob-uskunalari joylashtirilgan holdagi sxemasi;
14.5. Tayyor mahsulotni sotish va xomashyo, materiallar xarid qilish marketing tadqiqotlari boʻyicha hujjatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Texnik-iqtisodiy hisoblashni ishlab chiqishda texnik-iqtisodiy asoslashlar tarkibidan quyidagi bandlar va kichik bandlar chiqarib tashlanishi kerak: 2.2, 2.3, 2.4, 4 (kichik bandlar bilan), 5.1 (kichik bandlar bilan), 5.2, 6.1.1, 6.1.2, 7.1, 7.2 (kichik bandlar bilan), 8 (kichik bandlar bilan), 11.3, 11.5, 11.8, 12.3, 13.2, 13.3, 13.4, 13.9, 13.10, 13.11, 14 (“B” ilova).
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Loyihani texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
T/r‎‏ Koʻrsatkichlar nomi‎‏ Oʻlchov birligi‎‏ Hammasi‎‏ Shu jumladan:‎‎
budjet‎ kreditlar, shu jumladan xorijiy qarzlar, XMII qarzlari ham shu jumlaga kiradi‎ markazlashtirilmagan mablagʻlar (oʻz mablagʻlari)‎
1.‎ Loyihaning umumiy qiymati ‎ ming AQSh dollari‎
2.‎ Kapital qoʻyilmalar summasi, hammasi‎ ming AQSh dollari‎
Shu jumladan:
‎mashinalar va asbob-uskunalar
‎EMVda
‎milliy valyutada‎

‎ming AQSh dollari
‎ming AQSh dollari ekvivalenti ‎
qurilish-montaj ishlari‎ ming AQSh dollari ekvivalenti‎
investitsiya davridagi moliyaviy chiqimlar‎ A�Sh dollari ekvivalenti ‎‎
dastlabki aylanma kapital
‎EMVda
‎milliy valyutada ‎

‎ming AQSh dollari
‎ming AQSh dollari ekvivalenti ‎
boshqa xarajatlar
‎EMVda
‎milliy valyutada ‎

‎ming AQSh dollari
‎ming AQSh dollari ekvivalenti ‎
3.‎ Mavjud asosiy fondlar qiymati ‎ ming AQSh dollari ekvivalenti‎
4.‎ Korxona quvvati, shu jumladan:
‎yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi
‎moʻljallanayotgan yillik eksport hajmi‎

‎‎Tegishli birliklarda

5.‎ Ish bilan taʼminlanayotganlarning moʻljallanayotgan soni ‎

kishi

6.‎ Loyihaning hisoblangan oʻzini qoplashi muddati*

‎‎yil

7.‎ Investitsiya davri muddati ‎

‎‎oy

8.‎ Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlari qiymati ‎

‎‎ming dollar (ekvivalentda)

9.‎ Kreditni va boshqa qarzga olingan mablagʻlarni taqdim etish muddati ‎

‎‎yil

shu jumladan valyuta mablagʻlarini qaytarish muddati‎

‎‎yil

* TIHni tasdiqlashda toʻldirilmaydi.
(6-ilovaning 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi 101-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 176-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 7-iyundagi 110-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 61-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2006-yil 11-avgustdagi 170-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 8-son, 62-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Idoralararo ekspertlar kengashi tomonidan yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 1-dekabrdagi 247-son qarorining 4-bandi va qarorga 2-ilova.
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 6-dekabrdagi PQ-525-son qarori) 2007-yil 3-yanvardagi 5-son qarori 1-bandining “a” kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 1-son, 3-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 22-martdagi PQ-607-son qarorlari) 2007-yil 11-maydagi 96-son qaroriga 1-ilovaning 10-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 26-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 23-son, 238-modda; 2008-y., 20-21-son, 176-modda; 2009-y., 52-son, 574-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda; 2017-y., 34-son, 890-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)