1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATI” OAJNING TAShKILIY TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 25 APRELDAGI PQ-628-SON QARORI)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 25-apreldagi PQ-628-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1994-yil 9-iyundagi 291-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1996-yil 6-iyundagi 213-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini aksionerlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisida” 1997-yil 10-fevraldagi 71-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 1-iyun,
108-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 23-son, 236-modda)