Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq
kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning
7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-100-son
qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 23-24-son, 168-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2003-yil 7-iyuldagi 76 va 2003-62-son qarori bilan tasdiqlangan “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun daromad soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi
Nizomga (2003-yil 21-iyul, roʻyxat raqami 1260 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 52-modda) ilovaga
* muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.