toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING 2002-YIL 27-DEKABRDAGI 140-SONLI “MOLIYAVIY HISOBOT SHAKLLARI VA ULARNI TOʻLDIRISH BOʻYICHA QOIDALARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA”GI BUYRUGʻIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 19-mayda 1209-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 8-oktabrdagi 181-sonli “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3567, 04.11.2024-y.) asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasi, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 51-52-son, 507-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 132-sonli “Tabiiy gaz isteʼmolchilari va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 21-son, 151-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (2003-yil 24-yanvar, roʻyxat raqami 1209-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 1-2-son, 21-22-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 519-modda; 2005-y., 19-20-son, 145-modda) oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga* muvofiq kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-aprel,
39-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 21-son, 218-modda)