1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Litsenziyalash va sertifikatlashtirish tartibotini yanada soddalashtirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-may,
104-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 18-maydagi 104-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-oktabrdagi 477-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 106-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 10-bandining “e” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“e) tibbiyot asbob-uskunalari va apparaturalarining metrologiya normalari va standartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida “Oʻzstandart” agentligi organlari yoki tegishli xulosalar berish huquqi uchun “Oʻzstandart” agentligida akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari tomonidan berilgan xulosa”.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda):
“Chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati ularning yaroqlilik muddatiga (mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga), yaroqlilik muddatiga (mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga) ega boʻlmagan mahsulotlarga esa amal qilish muddati koʻrsatilmasdan, koʻplab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun — 3 yilga beriladi. Koʻplab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sertifikatlangan deb hisoblanadi”;
b) 2-ilovada:
“TIF TN kodi” ustunining ikkinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Nomi” ustunining yigirmanchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Savdo tarmogʻi orqali aholiga sotish uchun umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlanadigan oziq-ovqat, oshpazlik mahsulotlari va chala tayyor mahsulotlar”;
“TIF TN kodi” ustunining yigirma birinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2401-:-2403*”;
“TIF TN kodi” ustunining yigirma ikkinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2501 00 100, 2501 00 911, 2501 00 919”;
yigirma uchinchi pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“TIF TN kodi” ustunining ellik uchinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7615-7615 20 000* (7615 11 000 dan tashqari)”;
ellik beshinchi va ellik oltinchi pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bugʻ qozonlari, ichki yonish dvigatellari, turboreaktiv gidroturbinalar, kuch qurilmalari, suyuqlik va havo nasoslari, kompressorlar, ventilyatorlar va tortuvchi shkaflar, haroratni bir xilda saqlash qurilmalari, isitish goryelkalari, sanoat yoki laboratoriya pechlari va kameralari, sovutgichlar va muzlatgichlar, sterilizatorlar, distillyatorlar tsentrifugalar, idish-tovoq yuvish mashinalari (foydalanilgan hamda dengiz kemalari va fuqaro aviatsiyasida foydalanilayotganlari bundan mustasno), tovarlarni tortish uchun jihozlar, koʻtarish tallari va yuk koʻtargichlar, har xil tipdagi yuk koʻtarish kranlari, avtoyuklagichlar, qishloq xoʻjaligi mashinalari yuklarini bir joydan boshqa joyga olib borish mashinalari va qurilmalari, avtomobil yoʻli texnikasi, qishloq xoʻjaligi, chorvachilik va ovqat tayyorlash uchun qurilmalar va apparatlar, toʻqimachilik dastgohlari, nusxa koʻchirish-koʻpaytirish mashinalari, savdo avtomatlari
“Elektr mashinalari va jihozlari; dvigatellar (fuqaro aviatsiyasi uchun dvigatellar bundan mustasno) va oʻzgaruvchan tok generatorlari, akkumulyatorlar, sanoat pechlari va kameralari, maishiy elektr texnikasi, elektr suv isitgichlar; televizion tasvir va ovozni yozish va koʻrsatish apparatlari, elektron lampalar va trubkalar, choʻgʻlanma lampalar (12 Wdan ortiq), izolatsiyalangan simlar, izolatsiyalovchi armatura; telekommunikatsiyalarning texnik vositalari, telekommunikatsiyalar tarmoqlari jihozlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi funksiyalari bajarilishini taʼminlaydigan chetki (terminal) asbob-uskunalar, shuningdek texnik (apparat-dasturiy) vositalar ham shu jumlaga kiradi.
ellik sakkizinchi pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Optik pretsizion, tibbiy yoki jarrohlik instrumentlari va apparatlari (ehtiyot qismlar, sarflash va nazorat qilish materiallaridan tashqari); oʻlchash va nazorat qilish priborlari.