toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.09.2026
Hujjat 07.05.2008 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-sonli “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Litsenziyalash va sertifikatlashtirish tartibotini yanada soddalashtirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-may,
104-son
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 18-maydagi 104-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-apreldagi 61-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 102-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda):
19-bandga quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
“gigiyena sertifikatining nusxasi”;
yettinchi va sakkizinchi xatboshi tegishli ravishda sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshi hisoblansin;
26-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati ularning yaroqlilik muddatiga (mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga), yaroqlilik muddatiga (mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga) ega boʻlmagan mahsulotlarga esa amal qilish muddati koʻrsatilmasdan, koʻplab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun — 3 yilga beriladi. Koʻplab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sertifikatlangan deb hisoblanadi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 19-son, 161-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 21-son, 214-modda; 2008-y., 14-15-son, 102-modda, 19-son, 161-modda)