toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.04.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “AUDITORLIK FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh VA AUDITORLIK TEKShIRIShLARINING AHAMIYATINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA” 2000-YIL 22 SENTYABRDAGI 365-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “AUDITORLIK TAShKILOTLARI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh HAMDA ULAR KO‘RSATAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI UChUN JAVOBGARLIKNI OShIRISh TO‘G‘RISIDA” 2007-YIL 4 APRELDAGI PQ-615-SON QARORI)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko‘rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to‘g‘risida” 2007-yil 4-apreldagi PQ-615-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida” 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 62-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-may,
99-son
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 17-maydagi 99-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida” 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 5-band chiqarib tashlansin.
2. Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi to‘g‘risida nizomda (2-ilova):
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qonun hujjatlariga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlash xo‘jalik subyektining mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanishiga olib keladi. Xo‘jalik subyektining mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin kalendar yil oxirigacha majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlash xo‘jalik subyektidan ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan miqdorda jarima undirilishiga olib keladi. Bunda majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlangan taqdirda xo‘jalik subyektiga jarima sud tartibida solinadi, xo‘jalik subyekti sodir etilgan huquqbuzarlikda aybini tan olgan hamda jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda esa — jarima soliq organi tomonidan solinadi”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Jarima qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi. Bunda xo‘jalik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlarining yigirma foizidan ortiq bo‘lgan yalpi jarima xo‘jalik subyektiga jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab undiriladigan summani olti oy mobaynida har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berilgan holda undirib olinadi”;
v) 7-banddagi jadvalning “Jarima miqdori” ustunidagi “100 baravari”, “300 baravari” va “500 baravari” so‘zlari tegishli ravishda “50 baravari”, “75 baravari” va “100 baravari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-martdagi 218-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 09/19/218/3766-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 19-20-son, 199-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 09/19/218/3766-son)