toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.02.2025
Hujjat 01.01.1995 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“YER OSTI BOYLIKLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi 2024-yil 31-oktabrdagi OʻRQ-987-sonli “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2025-yil 2-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1995-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 1994-yil 13-oktabrdagi 201 (949)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
qonunlarni “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirish xususida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga takliflar kiritsin;
Hukumat qarorlarini “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qarab chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining 1976-yil 25-noyabrida qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Yer osti boyliklari kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1976-yil, № 33, 386-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1977-yil 30-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining Yer osti boyliklari kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1977-yil, № 16, 247-modda) 1995-yil 1-yanvardan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotadi deb topilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1994-yil 23-sentabr,
2019-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 253-modda)