

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1164590" id="onLBC-1164590">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6087"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.04.00 Siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1164590" id="onLS-1164590">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]</span></div></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1164738" id="-1164738">Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1164739" id="-1164739">Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida</div></div><div class="GRIF_PARLAMENT"><div name="-1164742" id="-1164742">Qonunchilik palatasi tomonidan <br />2007-yil 28-fevralda qabul qilingan <br /><br />Senat tomonidan 2007-yil 29-martda maʼqullangan </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1164743" id="-1164743"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1164744" id="-1164744">1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1164745" id="onLBC-1164745">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6087"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.04.00 Siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1164745" id="-1164745">Ushbu Qonunning maqsadi davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirishdan iborat.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5469328" id="edi-5469328"><a href="/mact/-1164590?ONDATE=01.01.2008 00#-1164746">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5469328" id="-5469328"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5469330" id="onLBC-5469330">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC5957"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5469330" id="-5469330">Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasiga </a>tegishli tuzatishlar, shuningdek amaldagi qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish uchun asosdir.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5469334" id="-5469334"><em>(1-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli </em><a href="/mact/-5388561?ONDATE=21.04.2021 00#-5398050">Qonuni </a><em>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)</em></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1164748" id="-1164748">2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1164749" id="onLBC-1164749">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6047"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.06 Fraksiyalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5989"></label><div name="onTERM-1164749" id="onTERM-1164749">[<b>SPiT:</b><div id="TERM1794"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Извините, отсутствует описание.... / Извините, отсутствует описание....]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1164749" id="-1164749">Siyosiy partiya fraksiyasi siyosiy partiyadan koʻrsatilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan deputatlar birlashmasidir.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-1177202" id="-1177202">Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining <a href="/mact/-51961#-4518455">24-moddasi</a>, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti”ning <a href="/mact/-6205124#-6205470">57-moddasi</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1164750" id="-1164750">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida koʻpchilik oʻrinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi parlamentdagi koʻpchilikni tashkil etadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4508365" id="edi-4508365"><a href="/mact/-1164590?ONDATE=01.07.2009 00#-1427343">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4508365" id="-4508365"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4508366" id="-4508366">Oʻz dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari parlamentdagi koʻpchilikni tashkil etishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4508369" id="-4508369">(2-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli <a href="/mact/-4497111#-4498884">Qonuni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4508371" id="edi-4508371"><a href="/mact/-1164590?ONDATE=01.07.2009 00#-1427345">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4508371" id="-4508371"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4508372" id="-4508372">Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yoʻli va dasturiga yoki uning ayrim yoʻnalishlariga qoʻshilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari oʻzlarini muxolifat deb eʼlon qilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4508373" id="-4508373">(2-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli <a href="/mact/4497111#4498884">Qonuni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1164754" id="-1164754">Siyosiy partiyalar fraksiyalarining blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qoʻymaydi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7670276" id="edi-7670276"><a href="/mact/-1164590?ONDATE=01.01.2008 00#-1164755">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7670276" id="-7670276"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7670279" id="-7670279">Oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7670280" id="-7670280">oʻz vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir nafar qoʻmita raisi va ikki nafar qoʻmita raisi oʻrinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7670282" id="-7670282">qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqilguniga qadar oʻsha masalaga doir qonun loyihasining muqobil tahririni, qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilguniga qadar uning ikkinchi oʻqishga tayyorlangan matnining yoki tarkibiy birligi matnining muqobil tahririni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7670283" id="-7670283">muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan oʻzining alohida fikrini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisi bayonnomasiga kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7670284" id="-7670284">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarida hukumat aʼzolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitish (“hukumat soati”) doirasida yilning har choragida kamida bitta masala kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7670285" id="-7670285">parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga yilning har choragida kamida bitta masala kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7670286" id="-7670286">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun boʻyicha kelishuv komissiyasida oʻz vakillarining kafolatli ishtirok etishi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7670289" id="-7670289">(2-moddaning  oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi OʻRQ-1077-sonli <a href="/mact/-7658631?ONDATE=31.07.2025 00#-7661682">Qonuni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2025-y., 03/25/1077/0674-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1164760" id="-1164760">Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi koʻpchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6711235" id="edi-6711235"><a href="/mact/-1164590?ONDATE=01.01.2008 00#-1164761">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6711235" id="-6711235"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6711247" id="-6711247">Siyosiy partiyadan koʻrsatilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining aʼzosi boʻlishi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6711253" id="-6711253">(2-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi OʻRQ-883-sonli <a href="/mact/-6697581?ONDATE=19.12.2023 00#-6701581">Qonuni</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6818672" id="edi-6818672"><a href="/mact/-1164590?ONDATE=01.01.2008 00#-6818671">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6818672" id="-6818672"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6818675" id="-6818675">2<sup>1</sup>-modda. Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818678" id="-6818678">Siyosiy partiya fraksiyasi oʻz tarkibidan fraksiya rahbarini saylaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818680" id="-6818680">Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818682" id="-6818682">siyosiy partiya fraksiyasining faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818684" id="-6818684">Qonunchilik palatasi majlislarida koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan siyosiy partiya fraksiyasining kelishilgan nuqtai nazarini bayon etadi, ular boʻyicha rasmiy bayonotlar bilan chiqadi (siyosiy partiya fraksiyasining qaroriga koʻra mazkur vakolat siyosiy partiya fraksiyasining boshqa aʼzolari zimmasiga ham yuklatilishi mumkin);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818687" id="-6818687">Qonunchilik palatasi, uning organlari va mansabdor shaxslari bilan siyosiy partiya fraksiyasi nomidan muzokaralar olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818689" id="-6818689">siyosiy partiya fraksiyasining partiya rahbar organlari bilan hamkorligini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818691" id="-6818691">davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda siyosiy partiya fraksiyasi nomidan ish yuritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818692" id="-6818692">siyosiy partiya fraksiyasining qarorlarini va boshqa hujjatlarini imzolaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818696" id="-6818696">siyosiy partiya fraksiyasi majlislarining kun tartibini shakllantirish boʻyicha tavsiyalar beradi hamda muhokamaga kiritilgan masalalarni tayyorlash ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818700" id="-6818700">siyosiy partiya fraksiyasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818703" id="-6818703">siyosiy partiya fraksiyasining ishida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini va boshqa davlat organlarining rahbarlarini, ekspertlarni, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillarini taklif etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818706" id="-6818706">siyosiy partiya fraksiyasi oldida turgan vazifalardan kelib chiqqan holda, siyosiy partiya fraksiyasining aʼzolariga ularning oʻz saylov okruglaridagi faoliyatini tashkil etishda har tomonlama koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818710" id="-6818710">siyosiy partiya fraksiyasining samarali faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818712" id="-6818712">Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport taʼminoti shart-sharoitlariga koʻra Spiker oʻrinbosariga tenglashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818718" id="-6818718">Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari siyosiy partiya fraksiyasining majlisida saylanadigan oʻrinbosariga (oʻrinbosarlariga) ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818719" id="-6818719">Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari yoʻqligida uning vakolatlarini siyosiy partiya fraksiyasi rahbarining oʻrinbosarlaridan biri amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818723" id="-6818723">Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari vakolatlarining muddatidan ilgari tugatilishi toʻgʻrisidagi qaror siyosiy partiya fraksiyasining majlisida qabul qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6818725" id="-6818725">(2<sup>1</sup>-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli <a href="/mact/-6804077?ONDATE=19.02.2024 00#-6805266">Qonuniga </a>asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6818729" id="edi-6818729"><a href="/mact/-1164590?ONDATE=01.01.2008 00#-1164762">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6818729" id="-6818729"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6818731" id="-6818731">3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlarini saylash tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818732" id="-6818732">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻz tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning oʻrinbosarlarini saylaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818733" id="-6818733">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818734" id="-6818734">Siyosiy partiyalar vakillari kengashi taqdim etgan nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari lavozimiga saylanmagan taqdirda, Siyosiy partiyalar vakillari kengashi deputatlar orasidan boshqa nomzodni taqdim etish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818735" id="-6818735">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tarkibiga saylanishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818736" id="-6818736">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari oʻz vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga aʼzolikni toʻxtatib turadi hamda fraksiya tarkibiga kirishi mumkin emas.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6818737" id="-6818737">(3-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli <a href="/mact/-6804077?ONDATE=19.02.2024 00#-6805291">Qonuni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6819097" id="-6819097">Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti”ning III boʻlim <a href="/mact/-6205124#-6205217">1-bobi</a>.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6818738" id="edi-6818738"><a href="/mact/-1164590?ONDATE=19.04.2011 00#-1779506">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6818738" id="-6818738"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6818740" id="-6818740">4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini tayinlash tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818741" id="-6818741">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylangandan va organlari shakllangandan soʻng bir oy ichida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimidan ozod etilganidan keyin yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi isteʼfoga chiqqanidan keyin bir oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi va maʼqullashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818742" id="-6818742">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdimnoma kiritilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818744" id="-6818744">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida uning nomzodi koʻrib chiqilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturini taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818745" id="-6818745">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi uning uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan koʻpi tomonidan ovoz berilgan taqdirda maʼqullangan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818746" id="-6818746">Agar ovoz berish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan koʻpining ovozini toʻplay olmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti barcha fraksiyalar bilan qoʻshimcha maslahatlashuvlar oʻtkazganidan soʻng Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818747" id="-6818747">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga taqdim etilgan nomzod uch marta rad etilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni tayinlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818748" id="-6818748">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov tarqatib yuborish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818749" id="-6818749">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818750" id="-6818750">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻrtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muhokamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818751" id="-6818751">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi, agar uning uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Bu holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan birga isteʼfoga chiqadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6818752" id="-6818752">(4-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli <a href="/mact/-6804077?ONDATE=19.02.2024 00#-6805299">Qonuni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1164942" id="-1164942">5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish tartibi</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1164943" id="onLBC-1164943">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6036"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.02 Oliy Majlis Senati Reglamenti;</span></div><div id="LBC6043"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti;</span></div><div id="LBC6047"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.06 Fraksiyalar;</span></div><div id="LBC6051"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;</span></div><div id="LBC6055"><span class="iorRN">5.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1164943" id="-1164943">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan quyidagi hollarda lavozimidan ozod etiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1164944" id="-1164944">a) Bosh vazirning isteʼfoga chiqish toʻgʻrisidagi arizasiga binoan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1164945" id="-1164945">b) Bosh vazir oʻz vakolatlarini bajarishi mumkin boʻlmay qolgan taqdirda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1164947" id="-1164947">v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibida uning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib boʻlmaydigan ixtiloflar yuz berganda, shuningdek Vazirlar Mahkamasi bir necha marta Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasiga</a>, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6818755" id="edi-6818755"><a href="/mact/-1164590?ONDATE=01.01.2008 00#-1164948">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6818755" id="-6818755"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818756" id="-6818756">g) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti koʻrib chiqishi uchun taqdim etgan tashabbusiga binoan. Agar zarur asoslarga ega boʻlgan bunday tashabbusni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar yetakchi fraksiyalari qoʻllab-quvvatlasa hamda mazkur tashabbus Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ovozga qoʻyilganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy soni uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozini olsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6818757" id="-6818757">(5-modda birinchi qismining “g” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli <a href="/mact/-6804077?ONDATE=19.02.2024 00#-6805317">Qonuni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6818758" id="edi-6818758"><a href="/mact/-1164590?ONDATE=19.04.2011 00#-1779557">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6818758" id="-6818758"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6818759" id="-6818759">d) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6818762" id="-6818762">(5-modda birinchi qismining “d” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli <a href="/mact/-6804077?ONDATE=19.02.2024 00#-6805322">Qonuni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1164949" id="-1164949">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining lavozimdan ozod etilishi bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining isteʼfoga chiqishiga sabab boʻladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1164950" id="-1164950">6-modda. Viloyat, Toshkent shahar hokimini tayinlash va tasdiqlash tartibi</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1164951" id="onLBC-1164951">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6051"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;</span></div><div id="LBC6074"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;</span></div><div id="LBC6075"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1164951" id="-1164951">Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1164952" id="-1164952">Tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1164953" id="-1164953">Agar ovoz berish vaqtida viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini ololmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qoʻshimcha maslahatlashuvlar oʻtkazganidan soʻng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1164955" id="-1164955">Tegishli xalq deputatlari Kengashi taqdim etilgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti viloyat va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash, tegishli xalq deputatlari Kengashini tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga saylov tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1164956" id="-1164956">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga muvofiq hokim nomzodi boʻyicha farmon qabul qiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1164957" id="-1164957">7-modda. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining viloyat hamda Toshkent shahar hokimi faoliyati ustidan nazorat qilish vazifalari</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1164958" id="onLBC-1164958">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6051"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;</span></div><div id="LBC6074"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1164958" id="-1164958">Nazorat qilish vazifalari samaradorligini oshirish maqsadida xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlaridagi partiya guruhlariga viloyat va Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi huquqi beriladi. Bunday tashabbus yetakchi partiya guruhlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bu tashabbusning xalq deputatlari Kengashidagi muhokamasini tayinlaydi va muhokama natijalariga muvofiq qaror qabul qiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1164959" id="-1164959">8-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning kuchga kirishi</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1164960" id="onLBC-1164960">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6069"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1164960" id="-1164960">Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 2008-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1164961" id="-1164961">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1164962" id="-1164962">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1164963" id="-1164963">2007-yil 11-aprel,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1164964" id="-1164964">OʻRQ-88-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1164740" id="-1164740">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 151-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; 2011-y., 16-son, 160-modda; 2014-y., 16-son, 177-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son; 31.07.2025-y., 03/25/1077/0674-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
