1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.01.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;
2.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Kioto protokolining musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida parnik gazlarini atmosferaga chiqarishni qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarida ekologik hamda energiyani tejaydigan loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishni faollashtirish maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.01.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi Hadli Konvensiyasining Kioto Protokolini ratifikatsiya qilgani, unga muvofiq Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida respublika zararli chiqindilar chiqarishni cheklash va qisqartirish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari, chet mamlakatlar va kompaniyalarning investitsiyalarini, shuningdek zamonaviy texnologiyalarni jalb eta olishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasi huzurida Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi boʻyicha Idoralararo kengash 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Idoralararo kengashning jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan Kotibiyati 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Idoralararo kengash zimmasiga quyidagi asosiy funksiyalar yuklatilsin:
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmidan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash;
milliy darajada Musaffo rivojlanish mexanizmi boʻyicha loyihalarni tanlash va maʼqullash qoidalari hamda tartiblarini tasdiqlash;
vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan ekspertizalar natijalariga koʻra milliy darajada Musaffo rivojlanish mexanizmi boʻyicha loyihalarni maʼqullash;
Musaffo rivojlanish mexanizmi boʻyicha loyihalar qatnashchilari oʻrtasida chiqindilar chiqarish qisqartirilishini sotib olish toʻgʻrisidagi Bitimlar loyihalarini maʼqullash.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.02.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish borasidagi davlat boshqaruvi. Atmosfera havosi holati monitoringi. Atmosfera havosi holati yuzasidan kuzatuv xizmati. Atmosfera havosini nazorat qilish]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy organi etib belgilansin va uning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklatilsin:
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va texnologik manfaatlarini hisobga olgan holda Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun tayyorlash va tanlab olish, ular boʻyicha tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida amalga oshirish uchun taqdim etiladigan loyihalarning Kioto Protokolining 12-moddasida belgilangan shartlar va tartib-qoidalarga, xalqaro shartnomalar va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga, shuningdek barqaror rivojlanishning xalqaro va milliy mezonlariga muvofiqligini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha vakolatli vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Musaffo rivojlanish mexanizmi boʻyicha amalga oshirish uchun taqdim etiladigan investitsiya loyihalarini maʼqullash uchun Idoralararo kengashga kiritish;
Musaffo rivojlanish mexanizmi boʻyicha investitsiya loyihalarini Idoralararo kengash maʼqullaganidan soʻng BMTning iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi Hadli Konvensiyasi Kotibiyati huzuridagi Musaffo rivojlanish mexanizmining Ijro etuvchi Kengashiga taqdim etish;
Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
4. Belgilansinki, Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasidagi loyihalarga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni amalga oshiruvchi xorijiy sheriklarning foydasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida foyda soligʻi toʻlashdan ozod etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 10-11-son, 107-modda)
5. Belgilab qoʻyilsinki, Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasidagi investitsiya loyihalarining loyiha-texnik hujjatlari Kioto Protokoli talablariga muvofiq:
shunday loyihalar uchun Musaffo rivojlanish mexanizmi Ijro etuvchi Kengashi tomonidan joriy etilgan yagona formatga qatʼiy muvofiq ishlab chiqiladi;
Musaffo rivojlanish mexanizmi Vakolatli tezkor organi tomonidan validatsiya (loyihani tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror) qilinishi va Ijro etuvchi kengashi tomonidan roʻyxatga olinishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasidagi investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibini tasdiqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Musaffo rivojlanish mexanizmi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy organini BMTning iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi Hadli Konvensiyasi Kotibiyatida belgilangan tartibda roʻyxatga olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-avgustdagi PF-5168-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 917-modda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash borasida Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-dekabr,
PQ-525-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-dekabrdagi PQ-525-son qaroriga 1-ILOVA
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi boʻyicha Idoralararo kengash
TARKIBI
1.
R.S. Azimov
—
Bosh vazir oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri, Idoralararo kengashi rahbari
2.
E.M. Ganiyev
—
tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri
3.
G.K. Saidova
—
iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari
4.
V.E.Chub
—
Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori
5.
B.B. Ashrafxanov
—
moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
6.
Lavozimi boʻyicha
—
qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari
7.
B.B. Alixanov
—
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi
8.
B.M. Teshabayev
—
“Oʻzbekenergo” DAK boshqaruvi raisi
9.
Sh.X. Majitov
—
“Oʻzbekneftgaz” MXK raisining birinchi oʻrinbosari — bosh boshqarma boshligʻi
10.
E.A. Zaxidov
—
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi ijro apparatining rahbari
11.
R.M. Sheraliyev
—
“Oʻzdavneftgazinspeksiya” boshligʻi
12.
U.O. Xolmuxamedov
—
“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori
13.
G.I. Ibragimov
—
“Oʻzkimyosanoat” DAK raisi
14.
Q.S. Sanaqulov
—
“Olmaliq KMK” OAJ bosh direktori
15.
X.A. Saidaxmedov
—
“Elektrokimyosanoat” OAJ bosh direktori
16.
T.X. Haydarov
—
“Fargʻonaazot” OAJ bosh direktori
17.
B.B. Botirov
—
“Navoiazot” OAJ bosh direktori
18.
A.M. Abidov
—
“Yangi-Angren GRES” AJ direktori
19.
R.T.Talipov
—
“Toshkent IES” UK direktori
20.
T.P. Salixov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Energetika va avtomatika instituti direktori
21.
Sh.Y. Ismailov
—
Iqtisodiyot vazirligi boʻlimining boshligʻi, Idoralararo kengash kotibiyati rahbari
*Izoh. Idoral araro kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 12-son, 711-modda; 2009-y., 10-11-son, 107-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 917-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son)