1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.01.00 Tashqi siyosiy va xalqaro munosabatlar sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRLIGI TAShKILIY TUZILMASIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 16-fevraldagi PP-11s-sonli Qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasiga vazirning Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparati tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
3. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 16-fevraldagi PP-11s-sonli Qaroriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 29-sentabrdagi PQ-192-sonli Qarorining 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R. S. Shamsiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 1-dekabr,
PQ-520-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 12-son, 708-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 16-son, 163-modda)