1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
JISMONIY ShAXSLARNING MOL-MULKIGA SOLINADIGAN SOLIQLAR TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.01 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti]
1-modda. Soliq toʻlovchilar
Ushbu Qonun bilan belgilab qoʻyiladigan obyektlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar mulk soligʻi toʻlovchilardir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.01 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti]
2-modda. Soliq solish obyektlari
Jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan turar-joylar, kvartiralar, bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatlari aʼzolarining bogʻ uylari, garajlar va oʻzga imoratlar, binolar hamda inshootlar, shuningdek motorli qayiqlar, vertolyotlar, samolyotlar va boshqa transport vositalari (rezina gʻildirakli avtomobillar, mototsikllar hamda boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlardan tashqari) Ushbu Qonunga muvofiq soliq solinadigan obyektlar hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.02 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi stavkalari]
3-modda. Soliq stavkalari
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Soliq toʻlovlari soliq solish obyektlari joylashgan (roʻyxatidan oʻtkazilgan) yerdagi mahalliy budjetga kiritiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar]
4-modda. Soliq imtiyozlari
Ushbu Qonunda belgilab qoʻyilgan barcha soliqlarni toʻlashdan:
Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan mukofotlangan shaxslar;
Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari va partizanlari, ularga tenglashtirilgan shaxslar, Ulugʻ Vatan urushi davrida ichki ishlar va davlat xavfsizligi organlarida xizmat qilgan, harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlarda, shtablarda va muassasalarda shtatli lavozimlarni egallab turgan shaxslar, Leningrad shahri qamalini boshdan kechirganlar, konsentratsion lagerlarning sobiq kichik yoshli mahbuslari, baynalminalchi jangchilar;
“Qahramon ona” unvoniga sazovor boʻlgan shaxslar, shuningdek oʻnta va undan ortiq bola tuqqan hamda tarbiyalangan onalar;
Chernobil atom elektr stansiyasi tegrasi doirasidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashganligi uchun imtiyoz oladigan (shu jumladan u yerga vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yoʻllangan) fuqarolar ozod qilinadilar.
Imoratlar, binolar va inshootlarga solinadigan soliq toʻlashdan:
pensionerlar, I va II guruh nogironlari;
harbiy xizmatchilar jumlasidan boʻlmish soldatlar, serjantlar, starshinalar, praporshchiklar va ularning oilalari — haqiqiy harbiy xizmatni oʻtash davrida, shuningdek muqobil xizmatni oʻtayotgan shaxslar;
harbiy xizmat vazifalarini ado etayotganda yarador boʻlganlik, kontuziyaga uchraganlik yoki shikastlanganlik natijasida yoxud frontda boʻlish tufayli orttirilgan kasallik oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va boshqa turmush qurmagan rafiqalari (erlari);
Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlarining xizmat vazifalarini ado etayotganda yaralanganlik, kontuziyaga uchraganlik yoki shikastlanganlik oqibatida nogiron boʻlib qolgan boshliq va oddiy askar shaxslar jumlasidan boʻlmish nogironlar ozod qilinadilar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.04 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi]
5-modda. Soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi
Soliqlarni davlat soliq organlari hisoblab chiqaradilar.
Soliq imtiyozlari huquqiga ega boʻlgan shaxslar kerakli hujjatlarni soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadilar.
Imoratlar, binolar va inshootlarga doir soliq ularning har yili 1-yanvargacha boʻlgan holati yuzasidan kommunal xoʻjaligi organlari beradigan inventarizatsiya qiymatiga doir maʼlumotlar asosida, bunday maʼlumotlar boʻlmagan taqdirda esa — mazkur obyektlarning davlat majburiy sugʻurtasiga muvofiq toʻlovlarni hisoblab chiqishda qoʻllaniladigan baho asosida hisoblab chiqariladi.
Bir necha mulkdorning ulushbay asosidagi umumiy egaligida boʻlgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun soliq har bir mulkdor tomonidan mazkur imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda toʻlanadi.
Transport vositalariga solinadigan soliq toʻlov yoziladigan yilning 1-yanvarigacha boʻlgan holat boʻyicha, transport vositalarini roʻyxatga olishni amalga oshiruvchi tashkilotlar har yili soliq organlariga taqdim etadigan maʼlumotlar asosida hisoblab chiqariladi.
Soliq toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun kerakli maʼlumotlar soliq organlariga bepul taqdim etiladi.
Yangi imoratlar, binolar va inshootlar, shuningdek yangi sotib olingan transport vositalari yuzasidan soliq qurib bitkazilgan yoki sotib olingan yildan keyin keladigan yildan boshlab toʻlanadi.
Bir necha jismoniy shaxs egaligidagi transport vositasi uchun soliq tarnsport vositasi roʻyxatda kimning nomiga qayd etilgan boʻlsa, shu shaxsdan undiriladi.
Merosga qolgan imorat, bino, inshoot yoki transport vositasi uchun soliq meros ochilgan paytdan eʼtiboran merosxoʻrlardan undirilb olinadi.
Imorat, bino, inshoot yoki tansport vositasi yoʻq qilingan, batamom buzilgan hollarda soliq undirish imorat, bino, inshoot yoki transport vositasi yoʻq qilingan yoxud batamom buzilgan oydan boshlab toʻxtatiladi.
Imorat, bino, inshoot yoki tarnsport vositasiga egalik huquqi kalendar yil davomida bir mulkdordan ikkinchisiga oʻtgan taqdirda soliqni birinchi mulkdor oʻsha yilning 1-yanvaridan bu mulkka egalik huquqini yoʻqotgan oyning boshigacha boʻlgan davr uchun, yangi mulkdor esa egalik huquqini qoʻlga kiritgan oydan boshlab toʻlaydi.
Kalendar yil davomida soliq imtiyozlari huquqi yuzaga kelgan taqdirda soliq bu huquq yuzaga kelgan oydan boshlab qayta hisoblab chiqiladi.
Soliq toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov qogʻozlari soliq organlari tomonidan har yili 1-martdan kechiktirmay topshiriladi.
Mol-mulk egalari soliqni teng ikkiga boʻlib ikki muddatda — 15-iyundan va 15-dekabrdan kechiktirmay toʻlaydilar.
Soliq toʻloviga oʻz vaqtida tortilmagan shaxslar uni koʻpi bilan oldingi uch yil uchun toʻlaydilar.
Notoʻgʻri olingan soliqning koʻpi bilan oldingi uch yilligi qayta koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
6-modda. Soliq toʻlovchilarning javobgarligi
Ushbu Qonun talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tarzda javobgar boʻladilar.
Soliq belgilangan muddatda toʻlanmagan hollarda muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun toʻlanmagan summaning 0,5 foizi miqdorida penya yoziladi.
7-modda. Soliq undirilishini nazorat qilish
Jismoniy shaxslarning mol-mulkidan vaqtida, toʻgʻri va toʻliq soliq undirilishini nazorat qilish davlat soliq organlari zimmasiga yuklatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 28-dekabr,
994-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 10-modda)