1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “XALQARO ShARTNOMALARGA QOʻShILISh TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 27 DEKABRDAGI PQ-542-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida” 2006-yil 27-dekabrdagi PQ-542-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-aprel,
73-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-apreldagi 73-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtini olib kelishni va uning tranzitini taqiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 15-maydagi 213-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtini transportning barcha turlari bilan olib kelish taqiqlansin.
Etil spirtining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali tranziti faqat Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi, ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Etil spirtining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali uchinchi mamlakatlar hududidan Yevro-Osiyo iqtisodiy hamjamiyati aʼzosi boʻlgan davlatlar hududiga yoxud Yevro-Osiyo iqtisodiy hamjamiyati aʼzosi boʻlgan davlatlar hududidan uchinchi mamlakatlar hududiga tranziti faqat temir yoʻl transportida amalga oshiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 19-maydagi 129-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlarini qoʻllanish maqsadida tekshirish oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 16-bandining uchinchi xatboshiga “vakolatli organini” soʻzlaridan keyin “Yevro-Osiyo iqtisodiy hamjamiyati aʼzosi boʻlgan davlatlarni” soʻzlari qoʻshilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 14-son, 146-modda)