1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.06.00 Evroosiyo iqtisodiy hamjamiyati / 19.08.06.03 Hamjamiyat mamlakatlari oʻrtasidagi shartnomalar (bitimlar)]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2278-sonli “Xalqaro shartnomalarni denonsatsiya qilish haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ilovaga* muvofiq Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatining xalqaro shartnomalariga qoʻshilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur qaror ilovasida koʻrsatilgan xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan xalqaro shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgandan soʻng:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari ijrosi ustidan nazoratni taʼminlasinlar;
Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-dekabr,
PQ-542-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 510-modda)