1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Umumtaʼlim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 26-fevraldagi PF-3857-sonli Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-sonli qaroriga muvofiq, shuningdek budjet mablagʻlaridan foydalanishda taʼlim muassasalarining mustaqilligini kengaytirish va masʼuliyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining barcha maktab-internatlarga belgilangan tartibda yuridik shaxs maqomini berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 4-bobi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi maktab-internatlarning amaldagi namunaviy shtatiga, oʻquvchilarning soniga qarab, ilovaga muvofiq, normativlar boʻyicha buxgalter lavozimini kiritsin va 2007-yilda ularni malakali mutaxassislar bilan toʻldirishni taʼminlasin.
3. Maktab-internatlarrahbarlari va buxgalterlari zimmasiga tegishli moliya tashkilotlarining xalq taʼlimi muassasalarini moliyalash boʻlimlari bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oshirish yuklatilsin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
pedagog xodimlar tarifikatsiyasini hisobga olgan holda maktab-internatlar shtat jadvali va xarajatlar smetasini tuzish va ularni moliya organlarida roʻyxatga olish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
belgilangan tartibda roʻyxatga olingan xarajatlar smetasini tovarlar va xizmatlar yetkazib berish boʻyicha shartnomalarni faqat gʻaznachilik boʻlinmalari orqali tuzishni hisobga olgan holda bajarish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
belgilangan standartlarga muvofiq maktab-internatlar buxgalterlik hisob-kitobi va hisobotini olib borish;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
toʻlovlar, oylik maoshni belgilash va toʻlash, nafaqa hamda unga tenglashtirilgan boshqa toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish, shuningdek xalq taʼlimi muassasalarida moddiy boyliklarning hisob-kitobini olib borish;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan shtatlar, smeta va moliya intizomiga qatʼiy rioya qilishni taʼminlash.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
yuridik shaxs maqomiga ega xalq taʼlimi muassasasi, shu jumladan umumtaʼlim maktablari Direktorlar fondining budjet mablagʻlarining boshqaruvchisi mazkur muassasa rahbari hisoblanadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
oylik maoshi va unga teng toʻlovlarni toʻlash uchun naqd pul beruvchi moddiy-masʼul shaxs (kassir)ning vazifasi umumtaʼlim maktablarining maʼmuriy-xoʻjalik boʻyicha direktor oʻrinbosari yoki xoʻjalik mudiri zimmasiga ularning lavozimi uchun belgilangan okladiga ular tomonidan ushbu funksiya amalda bajarilganda bitta eng kam oylik ish haqi miqdorida qoʻshimcha oylik maoshi belgilash bilan yuklanadi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, moliya organlari va xalq taʼlimi hududiy boʻlinmalari:
ikki oy muddatda umumtaʼlim maktablari (maktab-internatlari) shtat jadvali va xarajatlar smetasini mazkur qaror qoidalariga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin;
2007-yilning 15-iyunidan kechiktirmay yuridik shaxs maqomiga ega barcha umumtaʼlim maktablari (maktab-internatlari) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining mutasaddi hududiy boʻlinmalarida shaxsiy hisobraqamlarning ochilishini yakunlasin.
6. Quyidagi tartib belgilansin, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining tuman (shahar) moliya organlari va boʻlinmalari yuridik shaxs maqomiga ega umumtaʼlim maktablari (maktab-internatlari)ni moliyalashtirish yilida moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan davlat va budjetdan tashqari mablagʻlardan maqsadli foydalanish ustidan har chorakda nazoratni amalga oshirishlari shart.