1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKISTONNING DRENAJ LOYIHASI. JANUBIY QORAQALPOGʻISTONDAN DRENAJ OʻTKAZISH” LOYIHASINI JAHON BANKI ISHTIROKIDA AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Sugʻoriladigan yerlarning unumdorligini yanada oshirish, suv resurslarini boshqarish, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqalʼa, Toʻrtkoʻl va Beruniy tumanlari hududlaridagi irrigatsiya-drenaj tizimlaridan foydalanish va ularga texnika xizmati koʻrsatish tuzilmasini takomillashtirish, shuningdek Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.23.00 Yer melioratsiyasi]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining amalga oshirish muddati 6 yil va umumiy qiymati 74,55 mln. AQSH dollari boʻlgan “Oʻzbekistonning drenaj loyihasi. Janubiy Qoraqalpogʻistondan drenaj oʻtkazish” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Jahon banki Direktorlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga “Oʻzbekistonning drenaj loyihasi. Janubiy Qoraqalpogʻistondan drenaj oʻtkazish” loyihasini amalga oshirish uchun:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki resurslaridan besh yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda 20 yil muddatga 35 mln. AQSH dollari miqdorida qarz berilishini;
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi resurslaridan oʻn yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda 35 yil muddatga 18,4 mln SDR miqdorida (qarz berish maxsus huquqlari) (ekvivalent hisobida 25 mln. AQSH dollari) kredit berilishini maʼqullaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan qarz toʻgʻrisidagi bitimni va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan kredit bitimini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolash vakolati berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan qarz toʻgʻrisidagi bitim va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan kredit bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.
4. Quyidagilar:
loyihani moliyalashtirishning 1-ilovaga* muvofiq manbalar boʻyicha yillarga boʻlingan holdagi hajmlari;
loyihani moliyalashtirishning 2-ilovaga* muvofiq komponentlar boʻyicha sxemasi;
loyihani moliyalashtirish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzini va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditini qaytarishning 3 va 4-ilovalarga* muvofiq jadvallari;
* 1—4 ilovalar berilmaydi.
Loyihani amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning 5-ilovaga muvofiq tarkibi tasdiqlansin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati]
loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek zarur hujjatlarni oʻz vaqtida ishlab chiqilishi hamda kelishib olishga va tasdiqlashga kiritilishi uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga yuklanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi]
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasining krediti boʻyicha asosiy qarzni, foizlarni va vositachilik haqini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining loyihani amalga oshirishga ulushini moliyalashtirish 2-ilovaga muvofiq quyidagi tartibda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.23.00 Yer melioratsiyasi]
irrigatsiya-drenaj tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlar — markazlashtirilgan mablagʻlar hisobiga, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturida Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi uchun har yili nazarda tutiladigan kapital qoʻyilmalar limitlari doirasida;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.23.00 Yer melioratsiyasi;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
irrigatsiya-drenaj tizimlaridan foydalanish va ularning texnik holatini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar — budjet mablagʻlari hisobiga, Moliya vazirligi tomonidan ushbu maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
6. Koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan asbob-uskunalar, materiallar (respublikada ishlab chiqarilmaydigan), ishlar (xizmatlar) mazkur loyihani amalga oshirish davrida bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan koʻrsatib oʻtilgan loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislar uchun kelish vizalarining konsullik yigʻimlari undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish uzaytirilishini, ularni davlat boji toʻlovidan ozod qilgan holda taʼminlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H.Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 26-yanvar,
37-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-yanvardagi 37-son qaroriga 5-ILOVA
“Oʻzbekistonning drenaj loyihasi. Janubiy Qoraqalpogʻistondan drenaj oʻtkazish” loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mudiri, Kengash rahbarining oʻrinbosari
Joʻrayev A.M.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Kengash rahbarining oʻrinbosari
lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, Kengash rahbarining oʻrinbosari
Jalolov A.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari
Kaipov J.S.
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari
Salimov A.H.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari
Joʻrayev T.I.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari
lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi
lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi (Kengashning masʼul kotibi)
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar Kengash tarkibiga kiritiladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)