toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining
Buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JISMONIY TARBIYA-SOGʻLOMLAShTIRISh VA SPORT INShOOTLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 20-martda 1550-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 26-oktabrdagi 12-mh-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1550-4, 11.11.2020-y.) asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-apreldagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi nizomiga muvofiq buyuraman:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari toʻgʻrisida”gi nizomga (2006-yil 6-mart, roʻyxat raqami 1550 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 10-son, 78-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur normativ-huquqiy hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kunidan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Madaniyat va sport ishlari vaziri R. QURBONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 28-fevral,
184-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 12-son, 113-modda)