1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOSHKENT SHAHAR HOKIMLIGI HUZURIDA MUSTAQILLIK MAYDONINI KOʻKALAMZORLASHTIRISH, OBODONLASHTIRISH VA SAQLASH DEPARTAMENTINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Poytaxtning bosh maydoni maqomini hisobga olib, Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonini namunali saqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
1. Toshkent shahar hokimligi huzurida Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti tashkil etilsin.
2. Mustaqillik maydoni hududini obodonlashtirish, maydondagi koʻkalamzorlashtirish, irrigatsiya obyektlarini, sugʻorish agregatlarini va qattiq qoplamni mukammal, joriy taʼmirlash, saqlash va ulardan foydalanish departamentning asosiy vazifalari etib belgilansin.
3. Departamentning boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 9 nafar boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Toshkent shahar hokimligi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
yangidan tashkil etilayotgan Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentining foydalanish va saqlash xarajatlarini 2005-yilda moliyalashtirishni ajratilgan mablagʻlar doirasida, Obodonlashtirish bosh boshqarmasi xarajatlarini qisqartirish hisobiga amalga oshirsin;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
2-ilovaga muvofiq maxsus avtotransport va kichik mexanizatsiya vositalarini xarid qilishni davlat tasarrufidan chiqarish va davlat mulkini xususiylashtirishdan olinadigan hokimlik tasarrufida qoladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshirsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
oʻn kun muddatda Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti toʻgʻrisidagi Nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin, Departamentga xizmat koʻrsatiladigan hududni birkitsin va maʼmuriyat va garaj xoʻjaligi uchun bino ajratsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj toʻlovlarining umumiy qoidalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
5. 2005-2006-yillarda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti 2-ilovada nazarda tutilgan chetdan keltiriladigan maxsus avtotransport va kichik mexanizatsiya vositalari uchun bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar]
6. Davlat soliq qoʻmitasi bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyoz tatbiq etiladigan chetdan keltirilgan mol-mulkdan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod qilingan mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanmaslik yoki ularni begonalashtirish hollari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2006-yildan boshlab budjet parametrlarini shakllantirishda Departamentning obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanishga xarajatlarni nazarda tutsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 24-dekabr,
606-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 606-son qaroriga 1-ILOVA
Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti TUZILMASI