1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini maqbullashtirish, mashinasozlik, rangli va qora metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoati, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlash korxonalarini rivojlantirish va samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda uning rolini kuchaytirish maqsadida:
1. Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasida Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti tashkil etilsin.
Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan Axborot-tahlil departamenti oʻz faoliyatida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga boʻysunadi.
2. Quyidagilar Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentining asosiy vazifalari etib belgilansin:
kon-metallurgiya korxonalari va mashinasozlikni rivojlantirish hamda ular faoliyati samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularning ishlab chiqarish, loyiha-qidiruv va xoʻjalik faoliyatini tizimli, kompleks oʻrganishni tashkil etish;
eng muhim moddiy balanslarni ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
kon-metallurgiya ishlab chiqarishini rivojlantirishning ilmiy-texnik darajasini oshirish, geologiya-razvedka ishlarini olib borish va tarmoq korxonalarining mineral-xomashyo bazasini kengaytirish, modernizatsiya qilish, texnika va texnologiya bilan qayta jihozlash, koʻrsatib oʻtilgan vazifalarni hal etish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
geologik qidiruv, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlash sohasida maqsadli dasturlarni, investitsiya loyihalarini, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini amalga oshirishni hal etishga doir qarorlar qabul qilish uchun ekspertiza oʻtkazish va tavsiyalar tayyorlash;
Respublika kon-metallurgiya sanoati va mashinasozlik korxonalarini xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlarni jalb etishni chuqur oʻrganish va ekspert baholash;
kon-metallurgiya sanoati va mashinasozlik korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarilgan mahalliylashtirish loyihalari ishlab chiqilishini tashkil etish, koʻrsatib oʻtilgan tarmoqlarning korxonalari uchun asbob-uskunalar import qilishni, sotib olinadigan transport vositalari, xomashyo va materiallarni maqbullashtirish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosi tugatilsin.
4. Yoqilgʻi-energetika kompleksi, metallurgiya, mashinasozlik va kimyo masalalari axborot-tahlil departamenti Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamentiga aylantirilsin.
Quyidagilar mazkur Axborot-tahlil departamentining asosiy vazifalari etib belgilansin:
uglevodorod va kimyoviy xomashyoni qidirish, qazib olish va chuqur qayta ishlash, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati korxonalarini barqaror va mutanosib rivojlantirish, raqobatbardoshli, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish strategiyasi va kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda uglevodorod xomashyo va yoqilgʻi-energetika resurslari, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, neft-kimyo mahsulotining boshqa turlarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning eng muhim balanslarini ishlab chiqish, ularning bajarilishini nazorat qilish;
ayniqsa Ustyurt mintaqasida va boshqa istiqbolli hududlarda neft, tabiiy gaz va kimyoviy xomashyoni qidirish va geologiya-razvedka ishlari amalga oshirilishi dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish, ushbu dasturlar amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini taʼminlash;
yagona texnika siyosati olib borilishini, yoqilgʻi-energetika kompleksi korxonalarini, hosil qilinadigan quvvatlar va elektr tarmoqlarini, kimyo va neft-kimyo ishlab chiqarishlarini modernizatsiya qilish, texnika va texnologiya bilan qayta jihozlashni tahlil qilish va ular yuzasidan hamda ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga doir takliflar tayyorlash.
Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining yangi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari axborot-tahlil departamentining yangilangan tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining shtat jadvaliga mazkur qarorga muvofiq oʻzgartirishlar kiritsin;
bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi yangilangan Nizomlarni qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin, tegishli moddiy balanslarni ishlab chiqish va kelishish, ular amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish masalalariga alohida eʼtiborni qaratsin;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-martdagi 56-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlarini chuqur bilimli va amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 30-maydagi PQ-358-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-apreldagi PQ-316-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-iyuldagi PQ-131-son qarori 3-bandining toʻrtinchi xatboshi va qarorga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-mart,
PQ-601-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son qaroriga 1-ILOVA
Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi
Departament mudiri
—
1
Metallurgiya va qimmatbaho metallar shuʼbasi
Shuʼba mudiri
—
1
Bosh mutaxassis
—
2
Yetakchi mutaxassis
—
2
Mineral xomashyoni qidirish, qazib olish va qayta ishlash shuʼbasi
Shuʼba mudiri
—
1
Geologiya masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
—
1
Uran xomashyosi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
—
1
Yetakchi mutaxassis
—
2
Mashinasozlik va elektrotexnika shuʼbasi
Shuʼba mudiri
—
1
Bosh mutaxassis
—
1
Yetakchi mutaxassis
—
2
Safarbarlik va davlat zaxiralari masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
—
1
Yetakchi mutaxassis
—
1
Standartlashtirish va metrologiya masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
Mutasaddilik qilinadigan idoralar va xoʻjalik birlashmalari:
Davlat geologiya qoʻmitasi
“Oʻzmetkombinat” AIB
Navoiy KMK
Olmaliq KMK
Oʻzbekiston qiyin eriydigan va oʻtga chidamli metallar kombinati
Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi
“Toshrangmetzavod” OAJ
“Oʻzavtosanoat” uyushmasi
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi
“Oʻzstandart” agentligi
“Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati
“UMT-Radio” QK Chirchiq �viatsiya taʼmirlash-mexanika zavodi
“Doyche-kabel AG” QK
(“Mutasaddilik qilinadigan idoralar va xoʻjalik birlashmalari” boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil4-apreldagi PQ-831-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 99-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 11-son, 97-modda; 2008-y., 14-15-son, 99-modda; 2009-y., 22-son, 257-modda; 2011-y., 50-son, 512-modda; 2013-y., 1-son, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda;)