Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Amerika Qoʻshma Shtatlari Hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida tuzilgan “Taraqqiyot uchun oziq-ovqatlar” dasturi boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib berish toʻgʻrisidagi Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan grantdan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hukumatlararo bitimga muvofiq tuzilgan Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma ishchi guruhining “Taraqqiyot uchun oziq-ovqatlar” dasturi boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotini sotishdan tushayotgan grant mablagʻlari hisobiga
ilovaga muvofiq qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi ustuvor loyihalarni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda
ilovada nazarda tutilgan kapital qurilish obyektlarini belgilangan tartibda 2005-yil uchun qurilishlarning aniq roʻyxatiga kiritsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihada koʻrsatilgan ustuvor loyihalar Moliya vazirligining “Taraqqiyot uchun oziq-ovqatlar” dasturi boʻyicha tushayotgan mablagʻlarni jamlash uchun ochilgan maxsus hisob raqamidan moliyalashtirilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi “Taraqqiyot uchun oziq-ovqatlar” dasturi boʻyicha olingan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini taʼminlasin va loyihalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi axborotni yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga hamda Moliya vazirligiga taqdim etsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A.Golishev zimmasiga yuklansin.