toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.07.2021
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TAShKILOTLAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUNGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 5-iyuldagi O‘RQ-699-sonli “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasiniig 1991-yil 14-iyunidagi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 186-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. 4-moddaning ikkinchi qismidan va 30-moddadan “SSJI va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. 8-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Diniy jamoalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar qo‘mitasi bilan kelishilgan holda ro‘yxatga olinadilar”.
3. 13-moddaning sakkizinchi qismidan va 18-moddaning uchinchi qismidan “Prezidenti huzuridagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Joylardagi davlat hokimiyati organlari davlat mulki hisoblangan va ijtimoiy-madaniy maqsadlarda foydalanilmaydigan din bilan bog‘liq binolarni va boshqa mol-mulklarni diniy tashkilotlarga mulk qilib yoki haq to‘lamay tekin foydalanish uchun berishlari mumkin”;
oltinchi qismida “xalq deputatlari mahalliy Sovetining” degan so‘zlar “joylardagi davlat hokimiyati organlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. 20-moddaning ikkinchi qismida “fuqarolarning” so‘zidan keyin “xohishi bilan ularning” degan qo‘shimcha kiritilsin.
6. 23-moddaning ikkinchi qismida “ta’lim olish” so‘zlaridan keyin “malaka oshirish, tajriba o‘rganish va almashish” degan qo‘shimcha kiritilsin.
7. 28-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28-modda. O‘zbekiston Respublikasida din masalalari bo‘yicha davlat idoralari
O‘zbekiston Respublikasida dinlar va diniy tashkilotlarga oid masalalar bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar qo‘mitasi, viloyat va Toshkent shahar hokimlari shug‘ullanadi. Ularning zimmasiga maslahat berish, mutaxassislar xulosasini chiqarish, nazorat qilish va axborot berib turish vazifalari yuklanadi.
Din masalalari bo‘yicha davlat idoralari:
chet ellardagi diniy muassasalar bilan muloqot qilib turadi va muvofiqlashtiruvchi aloqalar bog‘laydi;
O‘zbekiston Respublikasidagi diniy tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘playdi hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunlarning ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi. Shu maqsadlarda diniy tashkilotlar rahbarlaridan kerak axborot talab qilishga va olishga hamda ularning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlarda ishtirok etishga haqlidir;
diniy tashkilotlarning iltimosiga muvofiq davlat idoralari bilan kelishuvga erishishda ko‘maklashadi va davlat idoralari hal etishini talab qiluvchi masalalar yuzasidan zarur yordam beradi;
O‘zbekiston Respublikasi ichidagi va chet ellardagi turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida hamjihatlik va hayrixohlikni mustahkamlashga ko‘maklashadi;
dinshunoslik bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish uchun diniy masalalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalar huzurida dinshunoslar jamoatchi ekspert kengashlarini tuzadi, diniy tashkilotlar vakillari va inson huquqlari muammolari bo‘yicha mutaxassislarni belgilaydi;
davlat boshqaruv va sud idoralarining so‘rovi bo‘yicha rasmiy ekspert xulosasini taqdim etadi”.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 3-sentabr,
934-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 334-modda)