1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.06.00 (Кучини йукотган) Ekologiya soligʻi / 07.10.06.04 (Кучини йукотган) Ekologiya soligʻini toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
AYRIM TURDAGI TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN ShUGʻULLANAYOTGAN YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLAR UChUN QATʼIY BELGILANGAN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 20-fevralda 1218-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-532-son qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2003-yil 31-yanvardagi 24, 2003-19-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun qatʼiy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2003-yil 16-fevral, roʻyxat raqami 1218 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 4-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 6-son, 79-modda; 2005-y., 5-6-son, 50-modda; 2006-y., 11-son, 91-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.