1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.05.00 Aholining jismoniy madaniyati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining
Qarori
OSIYO OʻYINLARIDA QOʻLGA KIRITILGAN YUKSAK NATIJALAR UCHUN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORTCHILARIGA PUL MUKOFOTLARINI TOʻLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-dekabrdagi “Osiyo oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash toʻgʻrisida”gi PF-3832-sonli Farmoniga muvofiq qaror qilamiz:
1. Osiyo oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan yuksak natijalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga pul mukofotlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-yanvar,
2-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-yanvar,
285-V-son
Madaniyat va sport ishlari vaziri R. QURBONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-yanvar,
01-10-14-son
Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi va Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2007-yil 5-yanvardagi 2, 285-V va 01-10-14 son qarori bilan TASDIQLANGAN
Osiyo oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan yuksak natijalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga pul mukofotlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-dekabrdagi “Osiyo oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash toʻgʻrisida”gi PF-3832-sonli Farmoniga muvofiq Osiyo oʻyinlarida oltin, kumush va bronza medalini olgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga pul mukofotlarini toʻlash tartibini belgilaydi.
1. Osiyo oʻyinlarida oltin, kumush va bronza medal olgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilari quyidagi miqdorlarda biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar:
2. Osiyo oʻyinlarida oltin, kumush va bronza medal olgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini berish bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjetidan amalga oshiriladi.
3. Koʻrsatilgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan navbatdagi moliyaviy yil uchun Davlat budjeti xarajatlarini tasdiqlashda koʻzda tutiladi.
4. Budjet mablagʻlarini ajratish, ularni erkin muomaladagi valyutaga ayirboshlash va biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi asosida amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga banklararo savdo sessiyasidan valyuta mablagʻlari xarid qilishi uchun milliy valyutada mablagʻ oʻtkazadi.
Madaniyat va sport ishlari vazirligi milliy valyutada ajratilgan mablagʻni erkin muomaladagi valyuta xarid qilish uchun oʻrnatilgan tartibda vakolatli bankka oʻtkazib beradi.
6. Vakolatli bank banklararo savdo sessiyasida valyuta mablagʻlarini xarid qiladi va Osiyo oʻyinlarida oltin, kumush va bronza medal olgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarining depozit valyuta hisobraqamlariga muvofiq ravishda oʻtkazib beradi.
7. Osiyo oʻyinlarida oltin, kumush va bronza medalini olgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini kelgusida taqdirlash uchun vakolatli bank Madaniyat va sport ishlari vazirligiga oʻrnatilgan tartibda omonat daftarchalarini taqdim qiladi.