1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.05.00 Aholining jismoniy madaniyati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining
Osiyo va Parosiyo oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan yuksak natijalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga pul mukofotlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2015-yil 20-yanvardagi 02, 285-V-1, 08-sonli qarori (roʻyxat raqami 1657-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 39-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 8-fevralda 1657-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-dekabrdagi “Osiyo va Parosiyo oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash toʻgʻrisida”gi PF-3832-sonli Farmoniga muvofiq qaror qilamiz:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2015-yil 20-yanvardagi 02, 285-V-1, 08-sonli qarori (roʻyxat raqami 1657-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 39-modda)
1. Osiyo va Parosiyo oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan yuksak natijalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga pul mukofotlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2015-yil 20-yanvardagi 02, 285-V-1, 08-sonli qarori (roʻyxat raqami 1657-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 39-modda)
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-yanvar,
2-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-yanvar,
285-V-son
Madaniyat va sport ishlari vaziri R. QURBONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-yanvar,
01-10-14-son
Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi va Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2007-yil 5-yanvardagi 2, 285-V va 01-10-14 son qarori bilan TASDIQLANGAN
Osiyo va Parosiyo oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan yuksak natijalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga pul mukofotlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizom
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2015-yil 20-yanvardagi 02, 285-V-1, 08-sonli qarori (roʻyxat raqami 1657-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 39-modda)
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-dekabrdagi “Osiyo va Parosiyo oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash toʻgʻrisida”gi PF-3832-sonli Farmoniga muvofiq Osiyo va Parosiyo oʻyinlarida oltin, kumush va bronza medalini olgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga pul mukofotlarini toʻlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2015-yil 20-yanvardagi 02, 285-V-1, 08-sonli qarori (roʻyxat raqami 1657-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 39-modda)
1. Osiyo va Parosiyo oʻyinlarida oltin, kumush va bronza medal olgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilari quyidagi miqdorlarda bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2015-yil 20-yanvardagi 02, 285-V-1, 08-sonli qarori (roʻyxat raqami 1657-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 39-modda)
2. Osiyo va Parosiyo oʻyinlarida oltin, kumush va bronza medal olgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini berish bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjetidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2015-yil 20-yanvardagi 02, 285-V-1, 08-sonli qarori (roʻyxat raqami 1657-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 39-modda)
3. Koʻrsatilgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan navbatdagi moliyaviy yil uchun Davlat budjeti xarajatlarini tasdiqlashda koʻzda tutiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
4. Budjet mablagʻlarini ajratish, ularni erkin muomaladagi valyutaga ayirboshlash va biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi asosida amalga oshiriladi.
Sport vazirligi milliy valyutada ajratilgan mablagʻni erkin muomaladagi valyuta xarid qilish uchun oʻrnatilgan tartibda vakolatli bankka oʻtkazib beradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
6. Vakolatli bank banklararo savdo sessiyasida valyuta mablagʻlarini xarid qiladi va Osiyo va Parosiyo oʻyinlarida oltin, kumush va bronza medal olgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarining depozit valyuta hisob raqamlariga muvofiq ravishda oʻtkazib beradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2015-yil 20-yanvardagi 02, 285-V-1, 08-sonli qarori (roʻyxat raqami 1657-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 39-modda)
7. Osiyo va Parosiyo oʻyinlarida oltin, kumush va bronza medalini olgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini kelgusida taqdirlash uchun vakolatli bank Sport vazirligi oʻrnatilgan tartibda omonat daftarchalarini taqdim qiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
8. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan kelishilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki raisi S. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 4—6-son, 59-modda; 2015-y., 3-son, 39-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)