1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.04 (Кучини йукотган) Er soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
YER SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 5-fevralda 1118-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 21-yanvardagi 19 va 2002-20-son qarori bilan tasdiqlangan Yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (2002-yil 27-mart, roʻyxat raqami 1118 — Normativ hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 6-son; 2003-y., 4-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son 47-modda; 2006-y., 15-son, 128-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.