1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISHLAR HAMDA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
[TSZ:
1.Moliya / Birja faoliyati]
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 10, 394-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
“Ishlab chiqarish (mahsulotlar va mollar), savdo va savdo-vositachilik faoliyati bilan shugʻullanishni maqsad qilib qoʻygan, shuningdek birjada oʻzining brokerlik oʻrniga ega boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga birja pul qoʻyishga, ularning ulushi (payi)ni, aksiyalarini sotib olishga, muassisi boʻlishga haqli emas.
Birja savdolarini samarali oʻtkazishga koʻmaklashuvchi hamda birja infrastrukturasini (konsalting, targʻibot va boshqa xizmat turlari) tarkib toptiruvchi korxonalar uchun birja muassis boʻlishi mumkin”.
uchinchi bandining ikkinchi xatboshisi “toʻgʻrisida” degan soʻzdan keyin “yozma yoki ogʻzaki ravishda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi bandining uchinchi xatboshisidagi “500 ming soʻmgacha” degan soʻzlar “eng kam oylik ish haqining 200 hissasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “50 ming soʻmgacha” degan soʻzlar “eng kam oylik ish haqining 20 hissasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Jarimalar nazorat idoralari tomonidan daʼvo bildirish tartibiga rioya etmagan holda sudga yoki xoʻjalik sudiga daʼvo taqdim etish orqali undiriladi”;
toʻrtinchi bandidagi “hakamlik sudida yoki xalq sudida” degan soʻzlar “sudda yoki xoʻjalik sudida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 45-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. 22-moddaning birinchi qismi “Ijara korxonasining ustavida” degan soʻzlardan keyin (“Davlat mulkiga asoslangan ijara korxonalaridan tashqari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 32-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijarachi ijaraga olingan korxonaning qarzlari boʻyicha:
oʻz mol-mulki bilan (davlat mulkiga asoslangan ijara korxonalari uchun);
oʻz mol-mulki hamda ijarachi jamoa aʼzolarining shaxsiy mol-mulki bilan (jamoa mulkiga, xususiy mulkka asoslangan ijara korxonalari uchun, shuningdek yakka tartibda yoki guruh boʻlib ijara sharoitida mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslar uchun), ular yetarli boʻlmagan taqdirda esa — Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va hajmlarda javobgar boʻladi”.
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1959-yil 21-maydagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 6, 2-modda) 179-3-moddasi quyidagicha mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Oʻsha harakatlar qayta va koʻp miqdorda sodir etilsa —
uch yildan besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki har bir yashirib qolingan daromad summasiga solinadigan soliq summasining besh barobaridan oshmagan miqdorda shtraf solish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xatti-harakatlar alohida yirik miqdorda sodir etilsa —
besh yildan oʻn yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish yoki yashirib qolingan har bir daromad summasiga solinadigan soliq summasining oʻn barobaridan oshmagan miqdorda shtraf solish bilan jazolanadi”.
IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1985-yil 13-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 176-moddasining jazo belgilashga doir qismi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 35, 411-modda) quyidagicha tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir hissasidan uch hissasigacha, mansabdor shaxslarga eng kam oylik ish haqining uch hissasidan yetti hissasigacha shtraf solishga sabab boʻladi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 2-sentabr,
922-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 329-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda)