1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.27.00 Qimor va garov oʻyinlar (lotereyalar, totalizatorlar);
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
LOTEREYaLAR, TOTALIZATORLAR VA TAVAKKALChILIKKA ASOSLANGAN BOShQA OʻYINLARNI TAShKIL ETISh FAOLIYATINI AMALGA OShIRUVChI YuRIDIK ShAXSLARNING YaLPI TUShUMIDAN YAGONA SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 13-martda 1234-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 28-fevraldagi 26-son va 2007-22-sonli “Yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1667, 28.03.2007-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2003-yil 4-apreldagi 51, 2003-42-son qarori bilan tasdiqlangan Lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning yalpi tushumidan yagona soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (2003-yil 21-aprel, roʻyxat raqami 1234 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 7-8-son; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 267-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
20-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
2006-12-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 20, 2006-12-son qaroriga ILOVA
Lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning yalpi tushumidan yagona soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“1. Lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan berilgan ruxsatnomaga (litsenziya) muvofiq amalga oshiruvchi yuridik shaxslar daromad (foyda) soligʻi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlash oʻrniga yalpi tushumdan yagona soliq toʻlaydilar.”.
2. 3-band quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan ishlar, xizmatlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻi;”;