1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI FARMONLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh, ShUNINGDEK, AYRIM HUJJATLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisining xizmati (I.B. Abdullayev) zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 6-fevral,
PF-3850-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-fevraldagi PF-3850-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son Farmonida:
1-bandining birinchi xatboshi “yoki yagona soliq” soʻzlari olib tashlansin;
4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida 2006—2010-yillarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-son qarori 4-ilovasining 1-bandi quyidagi mazmundagi “d” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“d) mikrokreditlash boʻyicha xizmatlar”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-fevraldagi PF-3850-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim farmonlari roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qoʻshimcha ragʻbatlantirish omillari va imtiyozlar toʻgʻrisida” 1996-yil 30-noyabrdagi PF-1652-son Farmonining 4 — 4.5-bandlari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 3-dekabrdagi PF-2151-son Farmoni.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-iyundagi PF-3270-son Farmonining 1—3-bandlari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 4—6-son, 37-modda; 2009-y., 25-son, 282-modda)