1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Sanoat;
3.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika pillachilik tarmogʻini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 15-noyabrdagi PQ-512-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika pillachilik tarmogʻini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 15-noyabrdagi PQ-512-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasi hamda xodimlarning cheklangan soni 151 (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) nafardan iborat boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi hamda xodimlarning cheklangan umumiy soni 82 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 62 nafar boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 3 va 4-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
(3 ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-sentabrdagi 199-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 390-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada yetishtirilgan pilladan foydalanish mexanizmini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-martdagi 77-son qarorida:
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ipakchilik sanoati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Pilla-xolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
5-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ipakchilik sanoati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash va ipakchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 15-martdagi 96-son qarorida:
3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasining pilla tayyorlash va pillakashlik korxonalariga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining pilla tayyorlash va “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ipak yigirish korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasining Oʻzbekiston ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbek ipagi” uyushmasining pillakashlik korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash toʻgʻrisida” 2001-yil 26-apreldagi 193-son qarorida:
qaror nomidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasining” soʻzlari “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi tomonidan uyushma korxonalarining xoʻjalik faoliyati natijasida tushadigan oʻz valyuta mablagʻlari hisobiga” soʻzlari “2007-yildan boshlab “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan, kompaniya korxonalarining xoʻjalik faoliyati natijasida tushadigan oʻz valyuta mablagʻlari hisobiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi pillachilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-apreldagi 118-son qarorida:
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Pilla-xolding” xolding kompaniyasi korxonalariga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi bilan birgalikdagi hisob-kitoblar asosida aniqlanadigan hajmda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qaroriga 4-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 68-modda):
1-banddagi “Hasanov B.V.” soʻzlari “Qalandarov N.K.” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-band chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 51-modda):
a) 1-band uchinchi xatboshining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga oid qismi hamda 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 2-ilovaga quyidagi mazmundagi 31-band qoʻshilsin:
7. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilik sohasi korxonalarining moliyaviy faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 9-sentabrdagi 390-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 82-modda):
birinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “tegishli ravishda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi korxonalarining qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi korxonalarining pilla yetishtiruvchilar bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 3-ilovadan 70-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika pillachilik sohasini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 3-apreldagi 144-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “1999-yilgi pilla hosili uchun pilla tayyorlovchilar bilan oʻzaro hisob-kitoblarni oʻz vaqtida oʻtkazishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 15-maydagi 246-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 26-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda) 6-ilova II boʻlimining 12-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va respublika yengil sanoatini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 24-martdagi 141-son qarori 1-bandining birinchi xatboshi va qarorga 1 va 2-ilovalar.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2004-yil 4-iyundagi 257-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 51-modda) 1-bandi va qarorga ilova.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 1-2-son, 13-modda; 2007-y., 37-38-son, 390-modda; 2009-y., 5-son, 36-modda; 2017-y., 11-son, 161-modda, 20-son, 362-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)