1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.08.00 Qimmatli qogʻozlar bozoriga oid axborotning oshkor qilinishi va axborot bilan taʼminlanishi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI IShTIROKChILARI TOMONIDAN AXBOROTLARNI OChISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 23-dekabrda 1127-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2012-yil 24-iyuldagi 2012-10-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1127-5, 31.07.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-475-son qaroriga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan 2002-yil 27-martda tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotlarni ochish toʻgʻrisidagi nizomga (2002-yil 18-aprel, roʻyxat raqami 1127) oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga* muvofiq kiritilsin.