1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
Davlat organlari axborot tizimlarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 21-dekabrda 1646-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2019-yil 18-noyabrdagi 167-sonli ““Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va axborot resurslarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3204, 19.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-noyabrdagi “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 256-son qarorining bajarilishini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, davlat organlari axborot tizimlarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilash maqsadida buyuraman:
1. “Davlat organlari axborot tizimlarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.