1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
[TSZ:
1.Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
BAHOLOVChILARNI TANLASh BOʻYIChA TANLOV OʻTKAZISh VA IJRO HARAKATLARINI AMALGA OShIRIShDA SUD IJROChILARI TOMONIDAN XATLANGAN MOL-MULKNI BAHOLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 28-noyabrda 1643-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2015-yil 24-dekabrdagi 01/27-26/26, 2-sonli “Baholovchilarni tanlash boʻyicha tanlov oʻtkazish va ijro harakatlarini amalga oshirishda sud ijrochilari tomonidan xatlangan mol-mulkni baholash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1643-1, 24.12.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-458-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Adliya vazirligi qaror qiladi:
1. Baholovchilarni tanlash boʻyicha tanlov oʻtkazish va ijro harakatlarini amalga oshirishda sud ijrochilari tomonidan xatlangan mol-mulkni baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.