1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli qarorini qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 25-oktabrdagi PQ-299-sonli qarori qabul qilinishi munosabati bilan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli qarori 31-ilovasining 7-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 13-dekabr,
PQ-528-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48–50-son, 480-modda)