toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2017
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat QOʻMITASI RAISINING
BuyruGʻI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI QIShLOQ XOʻJALIK TOVARLARI IShLAB ChIQARUVChILARNING QIShLOQ XOʻJALIK YERLARI MEʼYoRIY BAHOSINI ANIQLAShNING MUVAQQAT YOʻRIQNOMASINI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 19-aprelda 1563-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2017-yil 24-martdagi 2-sonli “Oʻzbekiston Respublikasidagi qishloq xoʻjalik tovarlari ishlab chiqaruvchilarning qishloq xoʻjalik yerlarini meʼyoriy bahosini aniqlashning muvaqqat yoʻriqnomasini tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1563-1, 03.04.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga va 2004-yil 28-dekabrdagi 610-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. “Oʻzbekiston Respublikasidagi qishloq xoʻjalik tovarlari ishlab chiqaruvchilarning qishloq xoʻjalik yerlarini meʼyoriy bahosini aniqlashning muvaqqat yoʻriqnoma”si ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. “Oʻzbekiston Respublikasidagi qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilar qishloq xoʻjalik yerlarini meʼyoriy bahosini aniqlashning muvaqqat yoʻriqnoma”si* Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
* Yoʻriqnoma rus tilidagi matnda berilgan.
3. Ushbu buyruq kuchga kirgan kundan boshlab, (1998-yil 6-avgust, roʻyxat raqami 469) “Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni sifatiy, iqtisodiy va qiymat bahosini aniqlashning muvaqqat uslubi” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish raisning oʻrinbosari N.J. Bakirov zimmasiga yuklatilsin.
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUAZIZOV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-fevral,
19-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 16-son, 137-modda)