1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TEXNOGEN XAVF YUQORI BOʻLGAN ZONALAR DAVLAT KADASTRINI YURITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “XAVFLI IShLAB ChIQARISh OBYEKTLARINING SANOAT XAVFSIZLIGI TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 28 SENTYABRDAGI OʻRQ-57-SON QONUNI)
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida” 2006-yil 28-sentabrdagi OʻRQ-57-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Ayrim davlat kadastrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2005-yil 30-iyundagi 152-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 22-noyabr,
242-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-noyabrdagi 242-son qaroriga ILOVA
Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“5. Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq belgilangan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida roʻy berishi mumkin boʻlgan texnogen hodisalar (yongʻinlar, portlashlar, xavfli zararli moddalarni tashqariga chiqarish, binolar, inshootlar, texnik qurilmalar va shu kabilar) zonalari hamda:
a) radioaktiv moddalar va materiallar ishlab chiqariladigan, ulardan foydalaniladigan, ular qayta ishlanadigan, hosil boʻladigan, saqlanadigan, tashiladigan, yoʻq qilib tashlanadigan obyektlar;
b) barcha turdagi sanoat elektr qurilmalari qoʻllanadigan obyektlar;
v) gidrotexnika inshootlaridan, shu jumladan yirik korxonalar chiqindixonalari va tindirgichlaridan foydalaniladigan obyektlar;
d) favqulodda vaziyatlarga (suv, gaz, issiqlik va elektr energiyasi taʼminotining toʻxtab qolishiga, uy-joy massivlarini suv bosishiga, kanalizatsiya va suvni tozalash tizimlarining ishdan chiqishiga) olib keluvchi buzilishlar (zararlanishlar) sodir boʻlishi mumkin boʻlgan obyektlar TXYuZDK obyektlari hisoblanadi”.
2. 6-bandning ikkinchi xatboshidagi, 12-bandning birinchi xatboshidagi, 26 va 28-bandlardagi, shuningdek Nizomga ilovadagi “xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan” va “xavfli ishlab chiqarish obyektlari” soʻzlari tegishli ravishda “obyektlardan” va “obyektlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 12-bandning ikkinchi xatboshidagi, 20-bandning ikkinchi xatboshidagi, 21-bandning sakkizinchi xatboshidagi, 22-bandning toʻrtinchi xatboshidagi, 26-banddagi “xavfli ishlab chiqarish obyektlarini”, “xavfli ishlab chiqarish obyektlarining”, “xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi”, “xavfli ishlab chiqarish obyektlari” soʻzlari tegishli ravishda “obyektlarni”, “obyektlarning”, “obyektlardagi”, “obyektlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.