

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;22.09.2024
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1082327" id="onLBC-1082327">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6693"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.05 Qimmatli qogʻozlarning hosillari;</span></div><div id="LBC6715"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.02.00 Chiqarish toʻgʻrisidagi qaror;</span></div><div id="LBC6719"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.06.00 Qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1082327" id="onLS-1082327">[<b>TSZ:</b><div id="LS3751"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]</span></div></div></div><div class="APPL_BANNER_PORTRAIT_TITLE"><div name="-1082352" id="-1082352"><p>“TASDIQLANGAN”</p>
<p>Oʻzbekiston Respublikasi </p>
<p>Davlat mulkini boshqarish</p>
<p>va tadbirkorlikni qoʻllab-</p>
<p>quvvatlash davlat qoʻmitasi</p>
<p>raisi birinchi oʻrinbosari</p>
<p>A.Abduqodirov</p>
<p>1997-yil 31-mart</p></div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1082357" id="-1082357">Qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish va muomalada boʻlishi</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1082358" id="-1082358">tartibi</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-1082378" id="-1082378">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1997-yil 2-aprelda 320-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3916507" id="-3916507"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6985143" id="-6985143"><em>Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 12-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi </em><a href="/mact/-6976459?ONDATE=22.09.2024 00#-6977410">buyrugʻiga </a><em>(roʻyxat raqami 3521, 20.06.2024-y.) asosan 2024-yil 22-sentabrdan davlat reyestridan chiqariladi.</em></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3916508" id="-3916508">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5771048" id="-5771048"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5771057" id="-5771057">1.1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-2662539">Qonuni</a> hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlarning hosilalarini (negizida aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlari boʻlgan) chiqarish va muomalada boʻlish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5771062" id="-5771062">(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/mact/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916517" id="-3916517">1.2. Mazkur Tartibda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916518" id="-3916518"><strong>qimmatli qogʻozlarning hosilalari</strong> (bundan buyon matnda QQH deb yuritiladi) — oʻz egalarining boshqa qimmatli qogʻozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan opsionlar, qimmatli qogʻozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qogʻozlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916519" id="-3916519"><strong>opsion</strong> — emissiyaviy qimmatli qogʻoz boʻlib, u oʻz emitentining muayyan miqdordagi qimmatli qogʻozlarini unda nazarda tutilgan muddatda, qatʼiy belgilangan narx boʻyicha sotib olishga boʻlgan huquqini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916520" id="-3916520"><strong>qimmatli qogʻozlarga doir fyuchers</strong> (bundan buyon matnda fyuchers deb yuritiladi) — qimmatli qogʻoz boʻlib, u oʻzida nazarda tutilgan muddatda qimmatli qogʻozlarning muayyan sonini qatʼiy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916521" id="-3916521"><strong>bazis aktivi</strong> — QQHning negizida boʻlgan va qimmatli qogʻozlar bozorida muomalada boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916522" id="-3916522"><strong>QQHning amal qilish muddati</strong> — QQHni saqlovchisi oʻzining bazis aktivini sotib olish yoki sotish huquqini amalga oshirishi mumkin boʻlgan davr (yoki aniq sana);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916523" id="-3916523"><strong>QQHning xaridori (saqlovchisi)</strong> — bazis aktivini sotish yoki sotib olish huquqini (yoki majburiyatini) oʻziga oluvchi shaxs; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916524" id="-3916524"><strong>QQHning sotuvchisi</strong> — QQHning xaridori talabiga koʻra bazis aktivini yetkazib berish yoki qabul qilish majburiyatini oʻziga oluvchi shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916525" id="-3916525"><strong>global sertifikat</strong> — yagona sertifikat uchun talab qilinadigan barcha rekvizitlarni, ushbu QQHning emissiyasi va muomalasining umumiy shartlarini oʻzida jamlagan QQH butun chiqarilishini (yoki chiqarishning bir qismini) hujjatsiz shaklda rasmiylashtiradigan hujjat;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4291220" id="-4291220"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4291222" id="-4291222">Agentlik — Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4291238" id="-4291238">(1.2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli <a href="/mact/-4270159?ONDATE=04.04.2019 00#-4270292">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3916527" id="-3916527">II. QQHni chiqarish va muomalada boʻlishi tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916528" id="-3916528">2.1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga faqat chiqarilishi oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan QQH yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916529" id="-3916529">2.2. QQH quyidagicha chiqarilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916530" id="-3916530">hujjatli yoki hujjatsiz shaklda (hujjatsiz shakldagi chiqarilishlar global sertifikatlar bilan rasmiylashtiriladi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916531" id="-3916531">egasining nomi yozilgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916532" id="-3916532">QQH sinflar va seriyalarga boʻlinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916533" id="-3916533">2.3. QQHni chiqaruvchi va QQHning saqlovchilari oldida ular boʻyicha majburiyatlarni oʻz nomidan oluvchi yuridik shaxs emitent hisoblanadi. Varrantlar emissiyasi (mazkur Tartibning <a href="/mact/-1082327#-3916568">2.10 bandiga</a> muvofiq) bir vaqtning oʻzida varrant negizida yotuvchi qimmatli qogʻozlarning emissiyasini amalga oshiruvchi yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916534" id="-3916534">2.4. QQHda koʻrsatilgan majburiyatlarning bajarilish muddati bazis aktivning amal qilish muddatidan oshiq boʻlishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916535" id="-3916535">2.5. Bazis aktivining tasnifi quyidagi maʼlumotlardan tarkib topishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916536" id="-3916536">qimmatli qogʻoz turi (xili, toifasi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916537" id="-3916537">qimmatli qogʻoz nominali;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916538" id="-3916538">birligi uchun narxi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916539" id="-3916539">soni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916540" id="-3916540">emitenti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916541" id="-3916541">umumiy qiymati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916542" id="-3916542">qimmatli qogʻozning turiga qarab boshqa tavsiflar.</div></div><div class="TEXT_BOLD"><div name="-3916543" id="-3916543">OPSIONLARNI CHIQARISH</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916544" id="-3916544">2.6. Opsionlar opsion emitentining avval chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni ham uchinchi shaxslarning qimmatli qogʻozlarini ham sotib olish yoki sotish huquqini tasdiqlashi mumkin. Opsion saqlovchisi oʻzining sotib olish (sotish) huquqidan foydalanishi yoki undan voz kechishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916545" id="-3916545">2.7. Opsionlarning chiqarilishiga (varrantlardan tashqari) bazis aktivi birinchi marotaba emissiyasi amalga oshirilayotgan qimmatli qogʻozlar boʻlganda yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916547" id="-3916547">2.7.1. Sotishga opsion (put-opsion) — opsion saqlovchisiga QQHning bazis aktivi tavsifida koʻrsatilgan bazis aktivini kelajakda sotish huquqini beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916548" id="-3916548">2.7.2. Sotib olishga opsion (koll-opsion) — QQHda belgilangan shartlar asosida bazis aktivini kelajakda sotib olish huquqini beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916549" id="-3916549">2.8. Mukofot deb ataladigan opsion narxi xaridor tomonidan sotuvchiga opsionning oldi-sotdi shartnomasiga asosan toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916550" id="-3916550">2.9. Opsion quyidagi zaruriy rekvizitlarni oʻz ichiga olish lozim (1-son ilova<a href="/mact/-1082327#-3916657">*</a>):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916552" id="-3916552">nomini “sotib olishga opsion” yoki “sotishga opsion”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916554" id="-3916554">davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va raqamini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916555" id="-3916555">opsion koʻchirmasi sanasini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916557" id="-3916557">opsion emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlarini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916559" id="-3916559">bazis aktivini sotish (sotib olishga opsion uchun) yoki sotib olish (sotishga opsion uchun) boʻyicha emitentning majburiyatini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916560" id="-3916560">opsionning amal qilish muddati yoki bajarish sanasini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916561" id="-3916561">bazis aktivining tasnifini;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4291247" id="-4291247"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4291254" id="-4291254">emitentning imzosi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4291263" id="-4291263">(2.9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli <a href="/mact/-4270159?ONDATE=04.04.2019 00#-4270292">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916563" id="-3916563">2.9<sup>1</sup>. Aksiyalarga doir opsionni chiqarish shartlari ularning muomalasiga cheklovlarni nazarda tutishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916564" id="-3916564">Agar aksiyadorlik jamiyatining eʼlon qilingan aksiyalari soni olish huquqini opsionlar beradigan aksiyalar sonidan kam boʻlsa, mazkur jamiyat aksiyalarga doir bunday opsionlarni joylashtirishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916565" id="-3916565">Aksiyadorlik jamiyatining mehnat jamoasi va kuzatuv kengashi aʼzolariga mukofotni yoki ragʻbatlantirish toʻlovini aksiyalarga doir opsionlar tarzida berish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916566" id="-3916566">Olish huquqini opsionlar beradigan muayyan turdagi aksiyalarning soni aksiyalarga doir opsionlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga koʻra joylashtirilgan ushbu turdagi aksiyalarning 5 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916567" id="-3916567">Aksiyalarga doir opsionlar aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali uni taʼsis etish chogʻida toʻliq toʻlanganidan keyin joylashtirilishi mumkin boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916568" id="-3916568">2.10. Varrant opsionning alohida turi hisoblanib, u saqlovchisining muayyan muddat oraligʻida (yoki aniq kunda) varrant emitenti tomonidan birinchi marotaba emissiyasi amalga oshirilayotgan qimmatli qogʻozlarni sotib olish huquqini tasdiqlaydi. Qimmatli qogʻozlarga bogʻlangan varrantlar chiqarilishi bazis aktivini tashkil etuvchi qimmatli qogʻozlar bilan birga amalga oshiriladi. Bunda varrantning bazis aktivi boʻlgan qimmatli qogʻozlarning bitta chiqarilishi, varrantlarning faqat bitta chiqarilishi bilan birgalikda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916570" id="-3916570">2.11. Varrantlarni:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916571" id="-3916571">avval chiqarilib, uchinchi shaxslarga egaligida boʻlgan yoki emitent tomonidan qaytarib sotib olingan qimmatli qogʻozlar boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916572" id="-3916572">bazis aktivining narxi qimmatli qogʻozlarning (obligatsiyalardan tashqari) nominal qiymatidan past boʻlganda chiqarish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916573" id="-3916573">2.12. Varrantlarning emitenti varrantlarning birinchi saqlovchilari uchun varrantlarni sotib olishda teng narx shartlari, bu esa varrantlarning saqlovchilari qimmatli qogʻozlarni sotib olish huquqiga ega boʻlgan varantlar bilan tasdiqlangan yagona narxni belgilashni anglatadi. Bunda varrantlar saqlovchilari uchun qimmatli qogʻozlarni joylashtirish narxi varrantlarga ega boʻlmagan investorlar uchun joylashtirish narxidan farq qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916574" id="-3916574">2.13. Varrant quyidagi zaruriy rekvizitlarni oʻz ichiga olishi lozim (2-son ilova<a href="/mact/-1082327#-3916657">*</a>): </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916575" id="-3916575">nomi “varrant”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916576" id="-3916576">davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va raqamini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916577" id="-3916577">varrant koʻchirmasi sanasini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916578" id="-3916578">varrant emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlarini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916579" id="-3916579">bazis aktivini sotish boʻyicha emitentning majburiyatini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916580" id="-3916580">varrantning amal qilish muddati yoki bajarish sanasini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916581" id="-3916581">bazis aktivining tasnifini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916582" id="-3916582">varrant xaridorining nomini (egasining nomi yozilgan varrant uchun);</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4291281" id="-4291281"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4291289" id="-4291289">varrant emitentining imzosi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4291299" id="-4291299">(2.13-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli <a href="/mact/-4270159?ONDATE=04.04.2019 00#-4270292">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)</div></div><div class="TEXT_BOLD"><div name="-3916584" id="-3916584">FYUCHERSLARNI CHIQARISH</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916585" id="-3916585">2.14. Bazis aktivi birinchi marotaba emissiyasi amalga oshirilayotgan qimmatli qogʻozlar boʻlgan fyucherslar chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi. Fyucherslar ularning emitenti tomonidan avval chiqarilgan oʻz qimmatli qogʻozlarini ham uchinchi shaxslarning qimmatli qogʻozlarini ham sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916586" id="-3916586">2.15. Fyucherslar qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish yoxud kelgusida muomalada boʻlishi uchun sotish (qaytarish bitim) yoʻli bilan bajarilishga majburiydir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916587" id="-3916587">2.16. Fyuchers quyidagi zaruriy rekvizitlarni oʻz ichiga olishi lozim (3-ilova<a href="/mact/-1082327#-3916657">*</a>):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916588" id="-3916588">nomi “fyuchers”; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916589" id="-3916589">davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va raqamini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916590" id="-3916590">fyuchers koʻchirmasi sanasini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916591" id="-3916591">fyuchers turini (sotib olishga yoki sotishga);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916592" id="-3916592">fyuchers emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlarini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916593" id="-3916593">emitentning bazis aktivini sotish (sotib olish) majburiyatini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916594" id="-3916594">fyuchersni bajarish sanasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916595" id="-3916595">bazis aktivining tasnifini;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4291306" id="-4291306"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4291309" id="-4291309">fyuchers emitentining imzosi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4291314" id="-4291314">(2.16-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli <a href="/mact/-4270159?ONDATE=04.04.2019 00#-4270292">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3916597" id="-3916597">III. QQHni davlat roʻyxatidan oʻtkazish</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4291335" id="-4291335"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4291340" id="-4291340">3.1. Qimmatli qogʻozlar emissiyasi tijorat banklari, sugʻurtalovchilar, birjalar, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlariga binoan tashkil etilgan xoʻjalik birlashmalarining QQHning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Agentlikning markaziy apparati tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4291345" id="-4291345">(3.1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli <a href="/mact/-4270159?ONDATE=04.04.2019 00#-4270292">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4291349" id="-4291349"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4291351" id="-4291351">3.2. Qolgan hollarda, QQHning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Agentlikning emitent yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi. QQH keyingi chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish emitent dastlabki tarzda davlat roʻyxatidan oʻtgan organda amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4291354" id="-4291354">(3.2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli <a href="/mact/-4270159?ONDATE=04.04.2019 00#-4270292">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5771072" id="-5771072"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5771079" id="-5771079">3.3. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror amaldagi qonunchilik hujjatlari va ustavga muvofiq tegishli vakolatga ega QQH emitentining boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu organ tomonidan chiqarilish bilan bogʻliq boʻlgan chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi va muddatlari tasdiqlanishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5771083" id="-5771083">(3.3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/mact/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916601" id="-3916601">3.4. QQHni chiqarishni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi tegishli organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916602" id="-3916602">QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916603" id="-3916603">davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916604" id="-3916604">QQHni chiqarish toʻgʻrisida qaror;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916605" id="-3916605">QQHning emissiya risolasi (QQH ommaviy joylashtirilgan taqdirda);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916606" id="-3916606">ikki asl nusxada QQH blankasining namunasi (QQH hujjatli shaklda chiqarilgan taqdirda);</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5771092" id="-5771092"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5771096" id="-5771096">QQHni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, qonunchilik hujjatlariga muvofiq sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomadan koʻchirma, agarda QQHni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilingan boʻlsa — ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, shariflari koʻrsatilgan yigʻilish bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma (ikki nusxada);</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5771103" id="-5771103">(3.4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/mact/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5771108" id="-5771108"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5771113" id="-5771113">QQHning emissiya risolasi tasdiqlanganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, qonunchilik hujjatlariga muvofiq sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomadan koʻchirma, agarda QQHni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilingan boʻlsa — ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, shariflari koʻrsatilgan yigʻilish bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma (ikki nusxada);</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5771115" id="-5771115">(3.4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/mact/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916609" id="-3916609">QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish uchun belgilangan yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bankning toʻlov oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgisi qoʻyilgan toʻlov hujjati;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5771117" id="-5771117"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5771123" id="-5771123">QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik uchun belgilangan yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) bankning toʻlov oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgisi qoʻyilgan holda.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5771126" id="-5771126">(3.4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/mact/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916611" id="-3916611">3.5. QQHning emissiya risolasi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916612" id="-3916612">emitent, uning taʼsischilari (aksiyadorlari) haqida toʻliq maʼlumotni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916613" id="-3916613">QQH emitentining oxirgi yil uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916614" id="-3916614">QQHning chiqarilayotgan miqdorini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916615" id="-3916615">QQH chiqarish va muomalasi tartibini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916616" id="-3916616">bazis aktivining tasnifini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916617" id="-3916617">emitentning QQH saqlovchilari oldidagi majburiyatini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916618" id="-3916618">QQH saqlovchilarining huquqlarini.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916619" id="-3916619">3.7. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga quyidagi hollarda haqlidir:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5771129" id="-5771129"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5771132" id="-5771132">QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar hamda ulardagi maʼlumotlarning qonunchilik hujjatlari talablariga nomuvofiq boʻlganda;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5771136" id="-5771136">(3.7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/mact/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916621" id="-3916621">QQH chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibiga emitent tomonidan rioya etilmaganda;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5771141" id="-5771141"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5771142" id="-5771142">qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan yigʻimlar toʻlanmaganda;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5771143" id="-5771143">(3.7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/mact/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916623" id="-3916623">QQH chiqarishni amalga oshirayotgan yuridik shaxsda ularni chiqarishga boʻlgan huquqning yoʻqligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916624" id="-3916624">Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan koʻrsatilgan muddat ichida qayta murojaat etilgan taqdirda, yangitdan taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklardan tashqari yangi asoslarga koʻra QQXning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916625" id="-3916625">3.8. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan qarori QQH chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar olgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida qabul qilinadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5771150" id="-5771150"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5771155" id="-5771155">3.9. QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi boʻyicha emitentning mansabdor shaxslari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5771158" id="-5771158">(3.9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/mact/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5771161" id="-5771161"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5771163" id="-5771163">3.10. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ faqatgina QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻliqligiga uchun javob beradi hamda qonunchilik hujjatlari va mazkur Tartib bilan oʻrnatilgan QQHni chiqarish qoidalarini bajarilishi ustidan nazorat qiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5771166" id="-5771166">(3.10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/mact/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916628" id="-3916628">3.12. Taqdim etilgan hujjatlarga nisbatan eʼtirozlar mavjud boʻlmagan taqdirda QQHni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning har bir nusxasiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi va QQHning chiqarilishiga berilgan davlat roʻyxat raqami koʻrsatiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5771169" id="-5771169"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5771170" id="-5771170">Davlat roʻyxat raqamini berish, shuningdek Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestriga yozuvlar kiritish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5771171" id="-5771171">(3.12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/mact/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916634" id="-3916634">3.13. QQHning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin QQHni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning bir nusxasi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda qoladi, bir nusxasi emitentga beriladi va bir nusxasi QQHning chiqarilishini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilingan holda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga taqdim etiladi. QQHni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning nusxalari matnida farqlar mavjud boʻlganda hujjatning roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda saqlanayotgan matni imtiyozli kuchga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916635" id="-3916635">3.14. Opsionlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin, emitent:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916636" id="-3916636">ikki oylik muddatda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan tasdiqlangan namunaga muvofiq opsionlarga (shu jumladan varrantlarga) buyurtma beradi va tayyorlaydi;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5771172" id="-5771172"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5771173" id="-5771173">qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda axborotni oshkor qiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5771174" id="-5771174">(3.14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/mact/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916640" id="-3916640">Emitent ushbu chiqarilishdagi QQHning barcha potensial xaridorlarini bir xil xabardorligini taʼminlashi lozim.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5771175" id="-5771175"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5771176" id="-5771176">3.15. Emitent tomonidan varrantlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi, ular qaysi qimmatli qogʻozlarga chiqarilayotgan boʻlsa, ushbu qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi bilan bir vaqtda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat va tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5771177" id="-5771177">(3.15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/mact/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916642" id="-3916642">3.16. Sotib olish fyucherslarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun emitent bazis aktivi summasining 20% miqdorini hisob-kitob kliring palatasidagi oʻz hisobida deponentga qoʻyilganligi haqidagi qoʻshimcha maʼlumotnomani taqdim etishi shart.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5771178" id="-5771178"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5771179" id="-5771179">3.17. Emitent davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi vakolatli organ bilan kelishgan holda majburiy rekvizit tarkibiga, amaldagi qonunchilik hujjatlari va mazkur Tartibga zid boʻlmagan QQHning boshqa shart va rekvizitlarni kiritishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5771180" id="-5771180">(3.17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/mact/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916644" id="-3916644">3.18. QQH blanklari qimmatli qogʻozlar blanklari uchun belgilangan barcha talablarni qondirishi shart va qalbakilashtirishga qarshi yetarli himoya darajasiga ega boʻlishi lozim (fyucherslar bundan mustasno). QQH — opsionlar va varrantlarning blanklari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatli qogʻozlar blanklarini ishlab chiqarish litsenziyasiga ega boʻlgan korxonalar tomonidan tayyorlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3916645" id="-3916645">IV. QQHning muomalasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916646" id="-3916646">4.1. Opsionlarnig (shu jumladan varrantlarning) muomalasi birja ham birjadan tashqari bozorda ham amalga oshiriladi. Fyucherslar bilan operatsiyalar faqatgina birja bozorida amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5771181" id="-5771181"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5771182" id="-5771182">4.2. Qimmatli qogʻozlarning tashkillashtirilgan savdolarida QQHga doir bitimlarni tuzish va roʻyxatdan oʻtkazish ularni yozma ravishda (qogʻozda) rasmiylashtirish zaruratisiz elektron shaklda amalga oshiriladi. QQHga doir boshqa bitimlar yozma shaklda tuziladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5771184" id="-5771184">(4.2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/mact/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916650" id="-3916650">4.3. Hujjatsiz shakldagi QQH boʻyicha talab qilish huquqini boshqaga oʻtkazish QQH saqlovchisining topshirigʻi asosida depo hisobvaragʻiga tegishli yozuvlarni kiritish orqali rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4291364" id="-4291364"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4291372" id="-4291372">4.5. Blankali nomi yozilgan QQH boʻyicha talab qilish huquqini boshqalarga keyingi (birinchi bitimdan soʻng) oʻtkazilishi ushbu QQH blankalarining orqa tarafida yoxud raqamlangan va tikilgan qoʻshimcha varaqlar –– allonjlarda rasmiylashtiriladi. Bunda oʻz huquqini boshqaga berayotgan shaxs (sedent) va boshqaning huquqini oʻziga olayotgan shaxs (sessionar) oʻrtasida ikki tomonlama kelishuv (sessiya) tuzilishgan boʻlishi kerak. Sessiya vakolatli shaxslar tomonidan imzolanadi. Sessiyani rasmiylashtirish namunasi 4-ilovada<a href="/mact/-1082327#-3916657">* </a>keltirilgan.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4291376" id="-4291376">(4.5-band Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli <a href="/mact/4270159?ONDATE=04.04.2019 00#4270292">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-3916657" id="-3916657">* <a href="/mact/265455#704734">1 — 4-ilovalar</a> rus tilidagi matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916653" id="-3916653">4.6. QQHning sotuvchisi QQHning saqlovchi tomonidan QQHda koʻrsatilgan muddatda sotib olish QQH taqdim etilganda QQHda koʻrsatilgan bazis aktivini sotish toʻgʻrisida, yoxud sotish QQH taqdim etilganda QQHda koʻrsatilgan bazis aktivini sotib olish toʻgʻrisida QQHning saqlovchisi bilan shartnoma tuzishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916654" id="-3916654">4.7.QQHning saqlovchisi oʻzining huquqidan QQHda koʻrsatilgan muddatdan keyin foydalangan (QQHni emitentga taqdim etgan) boʻlsa, QQHning emitenti bunday huquqni QQHning saqlovchisi tomonidan realizatsiya qilinishini rad etish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916655" id="-3916655">4.8. QQHda belgilangan shartlardan boshqa shartlarda bazis aktivining oldi-sotdi shartnomasini tuzish QQHda belgilangan majburiyatlar bajarilishi deb hisoblanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916658" id="-3916658">4.9. Quyidagilar taqiqlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916659" id="-3916659">haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan QQHning oldi-sotdisi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916660" id="-3916660">bitimni (sessiyani) rasmiylashtirish vaqtida sotuvchining mulki boʻlmagan QQHni sotish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916661" id="-3916661">QQHni uni amal qilish muddati tugaydigan kunda sotish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3916663" id="-3916663">V. Hisobot va javobgarlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916665" id="-3916665">5.1. QQHning emitenti va emitent bilan tuzilgan kelishilgan holda QQHni birinchi egalariga sotadigan qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari har bir xaridorga, ushbu qimmatli qogʻozlarni sotib olgunga qadar, ularni chiqarish va muomalada boʻlish shartlari bilan tanishish imkoniyatini yaratib berishi shart.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5771188" id="-5771188"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5771190" id="-5771190">5.2. Agentlik qimmatli qogʻozlar muomalasi toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchilik hujjatlari va ushbu Tartib talablari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida roʻyxatdan oʻtgan QQH emissiyasi jarayoni ustidan joriy nazoratni olib boradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5771191" id="-5771191">(5.2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/mact/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916669" id="-3916669">5.3 Qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisi pul mablagʻlarini depozit qilish toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumot taqdim etilganligi uchun javobgarlik boʻladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4291395" id="-4291395"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4291396" id="-4291396">5.4. Emitent va QQHning saqlovchisi Agentlikka belgilangan muddatda QQH chiqarilishi (muomalada boʻlishi) holati toʻgʻrisidagi soʻralgan maʼlumotlarni taqdim etishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4291397" id="-4291397">(5.4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli <a href="/mact/-4270159?ONDATE=04.04.2019 00#-4270292">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5771194" id="-5771194"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5771199" id="-5771199">5.5. Mazkur Tartib talablarini bajarmagan, toʻliq yoki oʻz vaqtida bajarmagan, shuningdek amaldagi qonunchilik hujjatlarini buzgan holatida emitent va QQHning saqlovchisi belgilangan tartibda javobgar boʻladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5771204" id="-5771204">(5.5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/mact/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3916674" id="-3916674">5.6. Adliya vazirligi tomonidan 24.10.1994-yilda 110-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Davlat mulki ulushi sotilishiga Davlat mulki qoʻmitasi opsioni, shuningdek hamkorlarga erkin sotish va tasarruf etish uchun nazarda tutilgan ulush haqida”gi <a href="/mact/-910474">nizom</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
