1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “MILLIY GʻOYA TARGʻIBOTI VA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY IShLAR SAMARADORLIGINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 25 AVGUSTDAGI PQ-451-SON QARORI)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy gʻoya targʻiboti va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisida” 2006-yil 25-avgustdagi PQ-451-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarda xizmat yengil avtotransportidan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 2-apreldagi 154-son qaroriga 1-ilovaning 40-bandidagi “Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoat markazi” soʻzlari “Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 1, 1a va 1b-ilovalar “Hokimning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchisi — 1” ustuni bilan toʻldirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiya va kengashlari tarkibini tasdiqlash haqida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 1-ilovadagi “Q. Aʼzamov — Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi rahbari” soʻzlari “M. Hojimatov — Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-noyabr,
231-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 446-modda; 2016-y., 18-son, 198-modda)