toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2009
Hujjat 01.11.2006 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEHNATGA HAQ TOʻLAShNING YAGONA TARIF SETKASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-iyuldagi 206-sonli “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006-yilning 1-noyabridan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2006-yil 12-oktabrdagi PF-3808-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ish haqining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Boshlangʻich razryadning oyiga 12420 soʻm miqdorida belgilangan eng kam oylik ish haqi tarif stavkasi Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) 2-ilovaga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 20-iyundagi 120-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qaror 2006-yil 1-noyabrdan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-oktabr,
218-son
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qaroriga
1-ILOVA
Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi
Mehnatga haq toʻlash razryadlari‎ Tarif koeffitsiyentlari‎
0 1,000‎
1‎ 2,377‎
2‎ 2,616‎
3‎ 2,878‎
4‎ 3,165‎
5‎ 3,467‎
6‎ 3,783‎
7‎ 4,112‎
8‎ 4,454‎
9‎ 4,797‎
10 5,147‎
11 5,503‎
12 5,870‎
13 6,242‎
14‎ 6,617‎
15‎ 7,000‎
16‎ 7,388‎
17‎ 7,781‎
18‎ 8,180‎
19 8,585‎
20‎ 8,995‎
21 9,411‎
22 9,830‎
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qaroriga
2-ILOVA
“Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasi
Mehnatga haq toʻlash razryadlari‎ Tarif koeffitsiyentlari‎
1 3,022‎
2‎ 3,325‎
3‎ 3,656‎
4‎ 4,023‎
5‎ 4,424‎
6‎ 4,867‎
7‎ 5,354‎
8‎ 5,943‎
9‎ 6,597‎
10‎ 7,323‎
11‎ 8,054‎

”‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 428-modda; 2007-y., 31-32-son, 322-modda, 46-47-son, 470-modda; 2008-y., 14-15-son, 104-modda)