1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.71.00 (Кучини йукотган) Oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi (litseylar, kolledjlar)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAHSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZINING
Qarori
OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASALARI BITIRUVChILARI — YoSh MUTAXASSISLARNING IShGA JOYLAShIShI UChUN LAVOZIM, KASBLAR ROʻYXATINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 18-oktabrda 1631-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-iyuldagi PQ-427-sonli “Umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida taʼlim olishini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandini ijro qilish maqsadida qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilari — yosh mutaxassislarning ishga joylashishi uchun lavozim, kasblar roʻyxati” tasdiqlansin.