Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYALAR VA SAVDO VAZIRLIGI TIZIMIGA KIRADIGAN TASHQI SAVDO KOMPANIYALARI BOSH DIREKTORLARI HAMDA BOSH DIREKTORLARINING OʻRINBOSARLARI LAVOZIMLARINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI NOMENKLATURASIGA KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimiga kiradigan tashqi savdo kompaniyalari rahbarlarining ularga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimiga kiradigan
ilovaga muvofiq tashqi savdo kompaniyalari bosh direktorlari hamda bosh direktorlarining oʻrinbosarlari lavozimlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiritilsin.
2. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri (E.M. Gʻaniyev) bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kompaniyalar rahbarlarining nomenklaturaga muvofiq lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, ilovaga muvofiq tashqi savdo kompaniyalarining rahbarlari aksiyadorlar umumiy yigʻilishida lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.