1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimiga kiradigan tashqi savdo tashkilotlari boshqaruvi raislari hamda direktorlari lavozimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiritish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-fevraldagi 57-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 91-modda)
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimiga kiradigan tashqi savdo kompaniyalari rahbarlarining ularga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimiga kiradigan ilovaga muvofiq tashqi savdo tashkilotlari boshqaruvi raislari hamda direktorlari lavozimlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiritilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-fevraldagi 57-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 91-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
2. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri (E.M. Gʻaniyev) bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kompaniyalar rahbarlarining nomenklaturaga muvofiq lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
3. Belgilab qoʻyilsinki, ilovaga muvofiq tashqi savdo kompaniyalarining rahbarlari aksiyadorlar umumiy yigʻilishida lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-oktabr,
212-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-oktabrdagi 212-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiritilayotgan lavozimlar roʻyxati