1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2007-YILGI INVESTITSIYa DASTURI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishga xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish va shu asosida respublika iqtisodiyotini barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik subyektlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi Investitsiya dasturining asosiy parametrlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
budjetdan tashqari Respublika maktab ta’limi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2007-yilgi markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari 5-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi mablag‘larini jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2007-yilgi investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 6-ilovaga* muvofiq;
korxonalarning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan 2007-yilgi yirik investitsiya loyihalarining manzilli qurilishlar ro‘yxati 7-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati bilan xorijiy kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2007-yilgi investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 8-ilovaga* muvofiq.
xo‘jalik subyektlari va O‘zbekiston Respublikasi yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kasb-hunar kollejlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 2007-yilgi manzilli ro‘yxati 9-ilovaga* muvofiq;
to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2007-yilgi investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 10-ilovaga* muvofiq;
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar — buyurtmachilar:
o‘n kun muddatda davlat budjeti, budjetdan tashqari Respublika yo‘l fondi, Maktab ta’limi jamg‘armasi va O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha 2007-yilgi qurilishlarining dastlabki manzilli ro‘yxatini kelishib olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga taqdim etsin;
2006-yilning 15-noyabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish bilan birgalikda 2007-yilda yangi boshlanadigan qurilishlar bo‘yicha pudrat ishlariga tanlov savdolarini o‘tkazishni ta’minlasin;
2006-yilning 1-dekabrigacha pudratchi tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan tartibda yildan-yilga o‘tkaziladigan obyektlarning 2007-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra qoldiq narxini qayta hisob-kitob qilsin;
2006-yilning 1-dekabrigacha 2007-yilgi qurilishlarning uzil-kesil manzilli ro‘yxatlarini kelishib olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga taqdim etsinlar;
tanlov savdolarining natijalari tasdiqlangandan so‘ng o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy organlariga, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi banklarga moliyalashni ochish maqsadida taqdim qilish uchun yangidan boshlanadigan obyektlar bo‘yicha pudrat shartnomalari tuzilishini ta’minlasinlar va qurilishlarning titul ro‘yxatlarini tasdiqlasinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda, buyurtmachi tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etilgandan so‘ng, davlat budjeti, budjetdan tashqari Respublika yo‘l fondi, Maktab ta’limi jamg‘armasi va O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha 2007-yilgi qurilishlarning yakuniy manzilli ro‘yxatini kelishib olsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2006-yil yakunlari bo‘yicha 2006-yilgi Investitsiya dasturining amalga oshirilishi natijalarini tanqidiy ko‘rib chiqsin, zarurat tug‘ilganda 2007-yilgi Investitsiya dasturining asosiy parametrlarini aniqlashtirsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi:
loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifati, shahar qurilishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari, qoida va standartlariga investitsiya loyihalari amalga oshiriladigan davr mobaynida rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin;
tanlov savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan shartnoma majburiyatlari ijrosi monitoringi, shuningdek markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi muddatlari va shartnoma majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat amalga oshirilishini ta’minlasin.
2007-yilning har choragi yakunlari bo‘yicha monitoring natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib turilsin.
8. Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi yirik va muhim strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining qo‘shma taqdimnomasi bo‘yicha 2007-yil mobaynida tasdiqlangan Investitsiya dasturining umumiy parametrlari doirasida investitsiya loyihalarining manzilli dasturiga va ayrim buyurtmachilar bo‘yicha kapital mablag‘lar limitlariga aniqliklar kiritish, shu jumladan investitsiya loyihalarini yig‘ma ro‘yxatdan manzilli dastur qismiga yoki manzilli dasturdan yig‘ma ro‘yxatga o‘tkazish huquqi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda o‘tkazilgan tanlov savdolari hamda ayrim qurilish va obyektlar bo‘yicha mablag‘larning amalda o‘zlashtirilishini hisobga olgan holda tasdiqlangan limitlar doirasida buyurtmachilar qurilishlarining manzilli ro‘yxatiga o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin.
9. Belgilansinki, markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobidan bajariladigan investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonida loyiha va/yoki ekspert tashkilotining aybi bilan yo‘l qo‘yilgan qo‘shimcha ish hajmi va xarajatlar aniqlangan taqdirda mazkur loyihani ishlab chiqish va/yoki ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘langan pulning hammasi ana shu tashkilotlardan davlat budjeti daromadiga olib qo‘yilishi lozim.
10. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan kapital qurilishda narxlarning shakllantirilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi 11-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda ularni amalga oshirish uchun potensial investorlarni tanlov asosida jalb etishni tashkil etsin.
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va N.M. Xanov zimmalariga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 9-oktabr,
PQ-484-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 411-modda)