1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.02.00 Fan va fan-texnika faoliyati sohasini boshqarish;
3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ–436-sonli qarori qabul qilinishi munosabati bilan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisining xizmati (F.X. Otaxonov) zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 4-oktabr,
PF-3806-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 4-oktabrdagi PF–3806-son Farmoniga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazini barpo etish va uning faoliyatini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoni Nizomining 6-bandi yettinchi xatboshisidagi “Fan va texnologiyalar bo‘yicha markaz” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.