1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.88.00 (Кучини йукотган) Toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.89.00 (Кучини йукотган) Talaba va oʻquvchilarni moddiy-maishiy jihatdan taʼminlash;
4.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.03.00 Xizmatchilar, xizmatdan boʻshagan fuqarolar va ular oila aʼzolariga beriladigan imtiyozlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING
Qarori
OʻZBEKISTON “KAMOLOT” YoShLAR IJTIMOIY HARAKATI TOMONIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARI SAFIDA MUDDATLI HARBIY XIZMATNI OʻTAGAN VA TOʻLOV-KONTRAKT ShAKLI BOʻYIChA OʻQIShGA QABUL QILINGAN TALABALARNI MODDIY QOʻLLAB-QUVVATLASh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 14-sentabrda 1622-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2016-yil 26-sentabrdagi 74, 5-2016-sonli “Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va toʻlov-kontrakt shakli boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan fuqarolar orasidagi talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1622-3, 15.11.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 31-oktabrdagi PQ-213-sonli “Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 43-44-son, 328-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va toʻlov-kontrakt shakli boʻyicha oʻqishga qabul qilingan talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.