1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
BOJXONA YuK DEKLARATSIYALARINI TUZATISh, QAYTA RASMIYLAShTIRISh VA BEKOR QILISh TARTIBIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 25-avgustda 890-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 19-avgustdagi 01-02/15-17-sonli “Bojxona yuk deklaratsiyalariga tuzatish kiritish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2143, 24.09.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasiga muvofiq hamda bojxona yuk deklaratsiyalarini tuzatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibini soddalashtirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000-yil 7-fevralda 890-raqam bilan roʻyxatga olingan “Bojxona yuk deklaratsiyalarini tuzatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibi”ga ilovaga* muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.