1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
OʻZBEKISTON RESPUBLNKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASN MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
“TOShKENT RANGLI METALL PARChALARI VA ChIQINDILARINI TAYYoRLASh VA QAYTA IShLASh ZAVODI” OAJ VA UNING HUDUDIY KORXONALARI TOMONIDAN RANGLI METALLAR PARChALARI VA ChIQINDILARINI XARID QILISh NARXINI ShAKLLANTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 18-avgustda 1615-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 16-fevraldagi 29 va 01/15-1-10/11-sonli “Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” OAJ va uning hududiy korxonalari tomonidan rangli metallar parchalari va chiqindilarini xarid qilish narxini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1615-1, 01.03.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-iyuldagi PQ-419-sonli “Rangli metal parchalari, chiqindilarini yigʻish, tayyorlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. “Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” OAJ va uning hududiy korxonalari tomonidan rangli metall parchalari va chiqindilarini xarid qilish narxini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.