1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
Qarori
ELEKTR USKUNALARINI EKSPLUATATSIYA QILIShDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 18-avgustda 1614-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 6-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3298, 06.05.2021-y.) asosan 2021-yil 10-avgustdan davlat reyestridan chiqariladi.
Elektr energetikada nazorat boʻyicha “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining nizomiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan “Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kunidan boshlab 10 kun davomida amalga kiritiladi.
3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab Elektr stansiyalari va elektr texnika sanoati ishchilari kasaba uyushmalari Markaziy qoʻmitasi Prezidiumining 1985-yil 21-avgustdagi qarori, 49-sonli bayonnomasi va SSRI Energetika va elektrlashtirish vazirligi xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi boshqarmasi tomonidan 1985-yil 10-sentabrda tasdiqlangan “Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilmasin.
Elektr energetikada nazorat boʻyicha “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 19-iyul,
113-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2006-yil 19-iyul,
116-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 337-modda; 2007-y., 7-8-son, 80-modda; 2010-y.,33-son, 283-modda; 2013-y., 28-son, 366-modda)