1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI “O‘ZFARMSANOAT” DAKNING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2006 YIL 14 IYuLDAGI PQ-416-SON QARORI BILAN BELGILANGAN IMTIYOZLAR QO‘LLANILADIGAN, ChETDAN OLIB KELINADIGAN DORI-DARMON VA TIBBIYOT BUYuMLARINI IShLAB ChIQARISh UChUN MO‘LJALLANGAN XOM AShYo VA MATERIALLAR RO‘YXATINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 16-avgustda 1612-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2009-yil 6-maydagi 5-3-6/28, 53, EG-01/10-2053, 01-02/8-9 va 2009-yil 20-apreldagi 7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1952, 08.05.2009-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-iyuldagi “Dori vositalari va tibbiy maqsaddagi buyumlarni ishlab chiqaradigan mamlakatimizning korxonalarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida,qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-iyuldagi PQ-416-son qarori bilan belgilangan imtiyozlar qo‘llaniladigan, chetdan olib kelinadigan dori-darmon va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan xomashyo va materiallar ro‘yxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.