1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrogʻi. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROGʻINI TAYYORLASH, SAQLASH VA YOʻQ qILISH TARTIBI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi haqida”gi Qonunini amalda joriy etish toʻgʻrisida” 1991-yil 18-noyabrdagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi]
1. Ilova qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻini tayyorlash, saqlash va yoʻq qilish tartibi tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Nizomni qoʻllanish yuzasidan Instruksiyani tasdiqlash toʻgʻrisida” 1974-yil 14-oktabrdagi 475 son qarori (OʻzSSR QT, 1974-y., 10-son, 57-modda);
Oʻzbekiston SSR Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi nizomni qoʻllanish yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1974-yil 14-oktabrdagi 475-son qarori bilan tasdiqlangan Instruksiyaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1978-yil 11-iyuldagi 384-son qarori (OʻzSSR QT, 1978-y.( 7-son, 27-modda);
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi nizomni qoʻllanish haqidagi Instruksiyaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 1981-yil 21-avgustdagi 684-son qarori (OʻzSSR QT, 1981-y., 8-Son, 24-modda);
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi nizomni qoʻllanish boʻyicha Instruksiyaga qoʻshimchalar kiritish haqida” 1984-yil 27-sentabrdagi 498-son qarori (OʻzSSR QT, 1984-y., 9-son, 48-modda).
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 30-dekabr,
316-son
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 30-dekabrdagi 316-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻini tayyorlash, saqlash va yoʻq qilish
TARTIBI
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi]
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi va uning tasviri, ularning hajmlaridan tashqari, har doim Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi haqida”gi Qonuniga ilova qilingan sxematik va rangli tasvirga mos boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining eni 125 sm, uzunligi — 250 sm boʻladi. Bayroqning hajmi boshqacha boʻlishi ham mumkin. Lekin hamma hollarda bayroqning eni uzunligiga nisbatan 1:2 boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi]
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻini tayyorlash mahalliy sanoat korxonalari zimmasiga yuklanadi, Ular bayroqlar tayyorlash boʻyicha buyurtmani birinchi navbatda bajarishlari kerak, Tayyorlangan bayroqlar sifati boʻyicha korxonalarning texnikaviy nazorat boʻlimi xizmatlari va rahbarlari (direktor yoki bosh muhandis) tomonidan qabul qilinadi. Bayroqlarning sifati va aniq bajarilganligini tekshirayotganda mahalliy sanoat korxonalarining rahbarlari va texnikaviy nazorat boʻlimi xizmati qonunga ilova qilingan tasvirga amal qiladilar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi]
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻini saqlash korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, uy-joylardan foydalanish uchun javob beruvchi mansabdor shaxslar, (xususiy mulk huquqi asosidagi) uy egalari tomonidan taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi]
Davlat bayroqlari but-butun, rangi buzilmagan holda koʻtariladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi]
Davlat bayrogʻining saqlanishi uchun javob beruvchi shaxslar dastlabki rangini yoʻqotgan bayroqlarni xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ijroiya qoʻmitasiga akt boʻyicha topshiradilar,
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari]
Xalq deputatlari nohiya, shahar, shaharlardagi nohiya, ovul, posyolka, qishloq Kengashlari ijroiya qoʻmitalarida komissiyalar tuzilib, ular bundan keyin foydalanib boʻlmaydigan bayroqlarni utilizatsiya qilish haqida qarorlar qabul qiladilar va bu haqda tegishli akt tuziladi.